"Granada" bosh murabbiyi bilan xayrlashdi

Omonjon To`xtamirzayev
27 noya 2023, 14:11
"Granada" jamoa bosh murabbiyi Pako Lopesning iste'fosini e'lon qildi.

Ispaniyalik 2022 yilning noyabridan buyon jamoani boshqarib kelayotgandi (18 g'alaba, 9 durang, 17 mag'lubiyat).

Eslatib o'tamiz, "Granada" La Ligada 19-o'rinni egallab turibdi. Chempionatning 14-turida Andalusiya klubi "Alaves"ga imkoniyatni boy berdi (1:3).

O'xshash yangiliklar


Omonjon To`xtamirzayevMuallif
Manba: granadacf.es