Alissonga da'vogarlar bittaga ko'paydi

Aslanov Jasurbek
1 iyun 2018, 11:55
"Roma" darvozaboni Alisson Bekerga "Chelsi" qiziqish bildirmoqda.

Ko'klar yozda jamoani tark etishi mumkin bo'lgan Tibo Kurtua o'rniga braziliyalik posbonni nomzod sifatida ko'rib chiqishmoqda.

Oldinroq, "Liverpul" Alissonni xarid qilish borasida "Roma" bilan bog'langani va italiyaliklar o'z futbolchisini 90 mln. evroga qo'yib yuborishi ma'lum qilingan edi.

Alisson so'nggi mavsum A Seriyaning 37ta uchrashuvida maydonga tushib, 28ta gol o'tkazib yubordi.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: Sky Sports