Alisson muxlislarning qo'llab-quvvatlayotganliklari uchun minnatdorchilik bildirdi
10 avg 2019 13:45
Yangiliklar


Alisson muxlislarning qo'llab-quvvatlayotganliklari uchun minnatdorchilik bildirdi
"Liverpul" posboni Alisson muxlislarning daldalari uchun ularga rahmat aytdi.
"Barcha daldalaringiz uchun tashakkur. Iloji boricha tezroq qaytishga va bundan ham kuchli bo'lishga harakat qilaman", - deb yozgan Alisson o'zining "Twitter" sahifasida.
Eslatib o'tamiz, Alisson kecha Premer Liganing birinchi tur doirasida "Norvich"ga qarshi o'yinda jarohat olib maydonni erta tark etgan edi.
26 yoshli darvozabon faoliyatini Braziliyaning "Internasonal" klubida boshlagan. Darvozabon 2016-2018 yillar davomida "Roma"da o'ynaganidan so'ng mersisaydliklar futbolchini sotib olishgan edi.
Alisson 2015 yildan buyon Braziliya terma jamoasi sharafini himoya qiladi.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar