Alisson: “Genk” bilan o'yindan oldin “Siti” haqida o'ylamaslik shart”
04 noy 2019 22:18
Yangiliklar
Alisson: “Genk” bilan o'yindan oldin “Siti” haqida o'ylamaslik shart”
“Sado Mane – top darajadagi futbolchi. Biz uning kuchi va imkoniyatlarini yaxshi bilamiz. U jamoa uchun juda muhim futbolchi va kechagi o'yinda u buni yana bir bor isbotladi.
Yakshanba kuni “Manchester Siti”ga qarshi bo'ladigan bahs haqida o'ylashimizga hali erta. CHunki oldimizda “Genk”dek kuchli klubga qarshi muhim bahs bor. Dastlab shu haqda o'ylash lozim. Ertgangi o'yindagi g'alabaning ahamiyati yuqori.
Ahmoqona gol o'tkazib yuborish mening jahlimni chiqaradi. Jamoadoshlarim ham men singari xavotirga tushadi. Barchamizning maqsadimiz bir- har bir o'yinda g'alaba qozonish va imkon boricha “quruq” hisob bilan g'olib chiqish.
ECHL pley off bosqichiga yo'llanmani imkon boricha tezroq qo'lga kiritishmiz lozim. Biz uy uchrashuvlarida kuchliroq o'yin ko'rsatamiz. Ertangi bahsda g'olib chiqsak, keyingi bosqichga chiqish imkoniyatimiz oshadi. Bu bahs boshqalari singari biz uchun judayam muhim”, deydi Alisson.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Ўзбекистон U-23 терма жамоаси мусобақани ғалаба билан бошланди. Стартда Ливанни енгдик
Алижонов "Пахтакор"да қолиш учун йирик битимни рад этди
Тезкор хабар! Рубен Аморим МЮдан кетди
Расман: Шерзод Насруллаев — "Пахтакор" аъзоси!
Fikrlar