Alisson: "Bunday ajoyib o'yin o'tkazishimizni kutmagandim"
15 may 2022 12:51
Yangiliklar
![](https://championat.asia/upload/storage/700755_original.jpg)
![](/upload/storage/700755_220.jpg)
Alisson: "Bunday ajoyib o'yin o'tkazishimizni kutmagandim"
"Liverpul" darvozaboni Alisson Angliya Kubogida "CHelsi"ga qarshi final yakunlari haqida gapirdi.
"Bunday ajoyib o'yin o'tkazishimizni kutmagandim. Afsus, o'yindan gol ura olmadik. G'alaba uchun qattiq kurash kechdi. Quruq o'yin o'ynay oldik, keyinchalik futbolchilar penaltilar seriyasiga ajoyib tarzda tayyorlanishdi. Men va Mendi zo'r seyvlar ko'rsatdik. Agarda jamoa yaxshi o'yin ko'rsatmaganida xatto seyvlar ham jamoani qutqarib qola olmasdi.
Penaltilar seriyasida qaror chiqarish uchun barcha murabbiylar menga yordam berdi. "CHelsi" ham ajoyib o'yin o'tkazdi, biroq biz g'alabaga loyiqroq edik. Bu natija bizga ECHL finalida ham ishonch beradi. Hozir biz fantastik onlardamiz, bundan zavq olishimiz kerak", - dedi Alisson.
O’xshash yangiliklar
22:00
"CHelsi" Sarr bilan shartnomani bekor qildi. Futbolchi erkin agent sifatida "Lans"ga yo'l oladi 1
![AMP Logo](https://championat.asia/image/logo-amp.png)
Fikrlar