Alisson: "Braziliya terma jamoasi tarixiga o'z ismimni yozdirib qo'ymoqchiman"
24 may 2018 10:48
Yangiliklar


Alisson: "Braziliya terma jamoasi tarixiga o'z ismimni yozdirib qo'ymoqchiman"
"Roma" darvozaboni Alisson Rossiyada bo'lib o'tadigan Jahon chempionatida Braziliya terma jamoasi tarkibida o'zining eng yaxshi tomonlarini ko'rsata olishga umid qilmoqda.
"Oldinda turgan Jahon chempionatida Braziliya terma jamoasi tarixiga o'z ismimni yozdirib qo'ymoqchiman. Mavsum men uchun yaxshi o'tmoqda, hozir o'zimga mutlaqo ishonayapman. Terma jamoamiz hech nimadan qo'rqmaydi, lekin raqiblarni doimo hurmat bilan qaraymiz.
Neymar? Agar jamoangda shunday o'yinchi bo'lsa, unda raqiblar seni yanada ko'proq qilishlari kerak bo'ladi. Mundialga juda yaxshi tayyorgarlik ko'rdik, Braziliya g'oliblik uchun barchasini qiladi. Tite bizga yaxshiroq va kuchliroq bo'lishga yordam berdi", - dedi Alisson.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar