Alisher Xoliqovning futbol shinavandalariga sovg'asi
03 noy 2013 09:26
Yangiliklar


Alisher Xoliqovning futbol shinavandalariga sovg'asi
Navoiy istedodlarga boy shaharlardan. Bugun mamlakatimizning turli jamoalarida to'p surayotgan ko'plab futbolchilarni bunga misol keltirish mumkin.
O'z faoliyatini “Zarafshon”, “Qizilqum” futbol klublarida boshlab, keyinchalik “Buxoro” (2006-2007 yy), “Neftchi” (2008-2012 yy) jamoalarida davom ettirgan mohir hujumchi Alisher Xoliqovni hozirda yurtimizda tanimaydigan, bilmaydigan muxlis topilmasa kerak.
Ayni paytda u o'zining jonajon “Qizilqum” jamoasida to'p tepmoqda. Hozir gap uning qaerda va qanday o'ynayotgani xususida emas. Futbolimiz taraqqiyotiga baholi qudrat hissa qo'shib kelayotgan Alisher shu yil xayrli bir ishni boshlagandi. O'zi istiqomat qilayotgan shahar - Navoiyda qarovsiz yotgan hududdan er olib, u erda suniy qoplama mini futbol maydoni barpo etishga qaror qildi. Natijada Alisherning fikrini do'stlari, mahalliy hokimlik vakillari qo'llab-quvvatlashdi.
2 noyabr kuni shaharning “G'alaba” shohko'chasida Alisher Xoliqov tashabbusi bilan qurib bitkazilgan yangi futbol maydonining tantanali ochilish marosimi o'tkazildi. Unda viloyat futbol faxriylari, soha mutasaddilari, “Qizilqum” futbol klubi azolari, futbol shinavandalari ishtirok etdi.
- Alisher kamtar va kamsuqum yigit, - deydi Navoiy viloyat futbol federaciyasi vice-prezidenti Murod aka Xudoyorov. - Uning xayrli ishidan ayniqsa, futbol muxlislari boshi osmonga etdi. Joylarda bu kabi suniy qoplamali futbol maydonlari ko'paygani yoshlarimiz uchun katta qulaylik yaratadi.

Fikrlar