So’nggi yangiliklar

00:00Париж-2024. Франция - Миср  3 23:51Нико Уильямснинг "Барселона"га ўтишига унинг акаси қаршилик қилмоқда  1 23:10Париж-2024. Испания олимпия ўйинлари финалига чиқди  12 22:24Грузия терма жамоаси вакили "Ливерпуль"га ўтиши мумкин  0 21:54"Вест Хэм" 27 млн. еврога 31 ёшли ҳужумчи сотиб олди  1 21:23Марокаш - Испания ўйинида Илгиз Танташев алмаштирилди. Нега?  4 20:45ПСЖ 60+10 млн. еврога 19 ёшли футболчини сотиб олди  1 20:16"Барселона" Негрейрага пора бергани исобтини топмади, аммо...  4 19:59Ҳоланд: "Тез орада барчамиз энг яхши спорт формамизда бўламиз"  1 19:39ПСЖ "Айнтрахт" ҳимоячисини сотиб олмоқчи  1 19:18"Барселона" собиқ ҳимоячиси фаолиятини А Серияда давом эттириши мумкин  2 18:57"Байер" "Ливерпуль" собиқ ҳимоячисига қизиқиш билдирмоқда  1 18:34Ўзбекистон Кубоги. Чорак финал учрашувларида ишлайдиган расмийлар  3 18:16Тимур Кападзе "Олимпик" бош мураббийлигидан кетди  8 17:54"Футбол олами". Суперлигада иккинчи давра старт олди  1

Alisher Usmonov RFIga 400 million rubl kredit berdi Yangiliklar

Alisher Usmonov RFIga 400 million rubl kredit berdi

Rossiya futbol ittifoqi terma jamoa bosh murabbiyi Fabio Kapello oldidagi qarzini qisqartirish uchun Alisher Usmonovdan 400 mln rubl miqdorida kredit oldi.
"Men futbol bo'yicha jahon chempionatiga tayyorgarlik ko'rayotgan "Rossiya-2018"  vasiylik kengashi tashkiliy qo'mitasining azosi hisoblanaman va milliy terma jamoa bosh murabbiyi Fabio Kapello xohishini taminlash borasida Rossiya sport vazirining tashvishiga etibor qaratdim" - deydi Alisher Usmonov.

Biznesmen o'z vakili tomonidan RFIning ishlariga fikr bildirdi. U "hozirgi RFI rahbariyatining ishi"ga past baho berdi. "Bir kishi Rossiya uchun ishalasada, o'z mehnati uchun maosh olmasa, bu sharmandalik" - deya vaziyatga izoh bildirdi. Biznesmenning malumotlariga ko'ra, RFIning Fabio Kapello oldidagi qarzi 400 mln rubl. "Men RFIga faqat qarzni yopish uchun imtiyozli kredit (400 mln rubl) taqdim etdim".

Tadbirkor RFI rahbari Nikolay Tolstix rus futboli rivojiga va jahon chempionati tayyorgarligiga qancha hissa qo'shganini o'ylab ko'rishi haqida maslahat berdi.

"Hozirda terma jamoamizning o'z mamlakatida munosib ishtirok etishidan muhimroq narsa bormikan? Futbolchilarimizga tayyorgalikni boshlash uchun hozirning o'zida sharoitlarni yaratib berishimiz kerak. Vaziyatni bu darajada og'irlashtirish kerak emas".

Oldinroq sport vaziri Vitaliy Mutko Alisher Burxonovich bilan  bir soat davomida yuzaga kelgan vaziyat borasida maslahatlashishdi.

"Biz 2018 yilda jahon chempionatini qabul qilish uchun tayyorgarlik ko'rayotgan bir paytda, Rossiya terma jamoasi bosh murabbiyi oldidagi qarzimizni uza olmayotganimizdan u ham rus fuqarosi sifatida bundan uyatda ekanligini takidladi" - deydi Mutko. Oldinroq RFI FIFAdan olgan mablag'ini qarzni bir qismini yopish uchun sarflashi malum bo'ldi. Bu vaziyat bilan tanish bo'lgan TASS manbasi, RFI bu maqsad uchun bor yo'g'i 350 ming dollar olganini xabar qildi. Bu mablag' RFIga JCH-2014da qatnashgani uchun bonus sifatida taqdim etildi. Keyinroq RFI rahbari bu mablag'ni qarz uchun emas, tashkilotning hozirgi xarajatlari uchun ishlatishini elon qildi. Rostrud RFIda rejadan tashqari tekshiruv ishlarini o'tkazishi haqida federaciyani ogohlantirdi va Tolstix jarimaga ham tortilishi mumkin. 2015 yilning 19 yanvarida Kapelloga to'lanishi kerak bo'lgan mablag'ning navbatdagi oyi o'tdi. Kapello va Rossiya terma jamoasi bosh menejeri Oreste CHinkvini o'tgan yilning iyun oyidan beri maosh olgani yo'q.

OAVning xabarlariga ko'ra, 2014 yilning noyabr oyida RFIning italiyalik murabbiy oldidagi qarzi 250 mln rublni tashkil etgan. RFIning moliyaviy ahvoli juda og'ir. Federaciya Kapellodan tashqari, "Spartak" rahbariya Leonid Fedunga 300 mln rubl berishi kerak. Fedun 2013 yilda terma jamoa JCH-2014ga tayyorlanishi uchun RFIga qarz bergan. Oldinroq RFIning qarzlarini yopishda "Novatek" kompaniyasi yordam berishi haqida xabar qilingan edi, ammo gaz kompaniyasi bu xabarni rad etdi. Usmonov ketma-ket uch yildan beri "Forbes" taxminiga ko'ra Rossiyaning eng boy kishisi hisoblanadi. Jurnalning malumotlariga ko'ra, uning umumiy mablag'i 18,6 mlrd dollarni tashkil etadi. Milliarder Angliyaning "Arsenal" klubi akciyadori hisoblanadi. U 2014 yildagi jahon chempionatidan oldin RFIga 300 mln rubl "sovg'a" qilgan.
Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика