Alisher Usmonov "Arsenal"dagi akciyalarini sotib yubordi
07 avg 2018 12:50
Yangiliklar
Alisher Usmonov "Arsenal"dagi akciyalarini sotib yubordi
Londonning "Arsenal" klubi boshqaruvi to'liq Sten Kronke qo'liga o'tdi.
"To'pchilar"ning 30% akciyalarga egalik qilgan milliarder Alisher Usmonov amerikalik hamkasbining taklifni qabul qildi. Sten Kronke 30% akciya uchun Usmonov hisobiga 550 mln. funt o'tkazib beradi. Bungacha Kronke "Arsenal"ning 67% akciyalari egasi hisoblanar edi.
Oldinroq, Alisher Usmonov Kronkening "Arsenal"dagi ulushini xarid qilish uchun 1,3 mlrd. dollar taklif qilgan edi, ammo kelishuv amalga oshmagan.
Eslatib o'tamiz, Alisher Usmonov 2007 yilda eronlik biznesmen Farhod Moshiri bilan "Arsenal" akciyalarini sotib olgan edi. Usmonov 2016 yilda Moshiri ulushini ham xarid qilib, akciyalari paketini 30%ga etkazgan.
Fikrlar