So’nggi yangiliklar

19:10Туанзебе "Манчестер Юнайтед"ни судга берди  0 18:42"Милан" таркибни швейцариялик ҳужумни билан тўлдирмоқчи   0 18:15Каррерас: "Реал"ни бола сифатида тарк этиб, эркак бўлиб қайтдим"  2 17:49Сардор Рашидов катта футболга қайтди  15 17:40Аббос Файзуллаев Туркияга йўл олишга яқин   10 17:23"Мальорка" "Барселона"дан ярим ҳимоячи сотиб олди  2 16:56"Бунёдкор" ҳужумчиси жамоани тарк этди  8 16:35"Реал" футболчиси Вальверде жаҳон рекордини ўрнатди  3 16:07Расман: "Брентфорд" "Ливерпуль" собиқ аъзосини бепул қўлга киритди  1 15:40Тер Штеген уни асосий дарвозабон сифатида кўрмайдиган Фликдан хафа  3 15:12"Манчестер Сити" 1 миллиард фунтлик келишувга эришди!  2 14:50"Навбаҳор" хорижда йиғин олиб боради  0 14:38Гарначо Саудия Арабистони клубига ўтишдан бош тортди  1 14:15"Манчестер Юнайтед" Италия терма жамоаси ҳимоячисини нишонга олди  0 13:48Беннасер ва Адли фаолиятини Саудия Арабистонида давом эттириши мумкин  0

Alisher SHog'ulomov "Navbahor"ga qarshi o'yindan so'ng: "Baribir jamoamizga tajriba etishmadi" Yangiliklar

Alisher SHog'ulomov "Navbahor"ga qarshi o'yindan so'ng: "Baribir jamoamizga tajriba etishmadi"

Coca Cola O'zbekiston kubogi guruh bosqichining 1-turidan o'rin olgan “Navbahor” – “Oq-tepa” (3:0) uchrashuvidan keyingi matbuot anjumanining ikkinchi qismida “Oq-tepa” klubi direktori Alisher SHog'ulomov qatnashib, jurnalistlarning savollariga javob berdi.

“Navbahor”ni g'alaba bilan tabriklayman. O'yin qiziqarli tarzda kechdi. Birinchi bo'limda to'p nazorati jamoamiz tomonida bo'ldi va yigitlar oldilariga qo'yilgan vazifani bajarishdi. Ammo baribir jamoamizga tajriba etishmadi hamda keyinchalik xatolar yuzaga keldi. Jamoamiz darvozasiga penaltidan gol urilganidan keyin yigitlar oldinga o'tishga majbur bo'lishdi va keyin darvozamizdan yana ikkita to'p o'tkazib yubordik.

- Uchrashuv arafasida boshlang'ich tarkibga kiritilgan legioner chigalyozdi mashg'ulotida jarohat oldi. Natijada o'yin arafasida majburiy o'zgarishni amalga oshirdingiz. SHunga batafsil to'xtalib o'tsangiz...

- Braziliyalik hujumchi Karvalo da Silvada kichik jarohat bor edi. O'yindan oldin u o'ynay olishini takidlagandi. Ammo baribir o'yinoldi mashg'ulot payti Karvaloning jarohati o'z so'zini aytdi. SHuning uchun uni alishtirishga majbur bo'ldik. 

- Birinchi bo'limda garchi jamoangiz yaxshi o'yin namoyish etgan bo'lsa-da,  o'yin tempi ham tushib ketdi.Buning sababi nimada?   

- Birinchi bo'limda bizda hisobni ochish uchun imkoniyat bo'ldi, ammo undan foydalana olmadik. Yigitlar charchab qolishdi. Boisi, tarkibimizda ro'za tutgan futbolchilar ham bor. Bu ularga o'z tasirini ko'rsatdi. Ro'za tutishni yigitlarga taqiqlashga haqqimiz yo'q, albatta.

- O'zbekiston kubogi guruh bosqichining 2-turidan o'rin olgan bahsni ”Olimpik”ka qarshi o'tkazasizlar. O'ziga xos “poytaxt derbisi”dan nimalar kutyapsiz?

- “Olimpik”ni yutamiz.

“Navbahor” PFK matbuot xizmati.

Reyting: +2   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика