So’nggi yangiliklar

02:38А Серия. "Рома" йирик ҳисобда ғалабага эришди, Шомуродовдан гол+пас  52 00:10Туркча "Эл Классико". "Галатасарой" ва "Фенербахче" муроса кўчасини танлади  6 23:43"Сити" ёзда 7 нафар футболчи билан хайрлашмоқчи  6 23:19Ишчиларни камайтираётган МЮ энди ходимлар учун бепул тушликларни ҳам бекор қилмоқчи  7 22:56Назорат учрашуви. "Қизилқум" Россия клубини мағлуб этди  1 22:09Назорат учрашуви. "Насаф" Москванинг "Спартак" жамоасига ютқазди  8 21:29Ёзда 250 кишини ишдан ҳайдаган МЮ яна 150-200 ходим ишсиз қолишини эълон қилди  12 20:54Назорат учрашуви. "Локомотив" Грузия клубини таслим қилди, 15 ёшли боланинг голи ғалабага сабаб бўлди  4 20:12"Арсенал" "Реал" юлдузи учун 85 млн евро тўлашга тайёр  5 19:45Доку "Ливерпуль" билан ўйинда АПЛ рекордини ўрнатди  8 19:19Яна бир топ-клуб Антонига қизиқмоқда  3 18:57"Барселона" Рокени сотади. Шартнома шартлари маълум  3 18:30Владимир Бубанья: "Андижон"дан кетиш? Футболда учраб туради. "Хоразм" Суперлигада барқарор жамоа бўла олади"  4 18:09Расман: Ўзбекистон, Тожикистон ва Қирғиз Республикаси Осиё кубоги-2031 ни биргаликда ўтказиш борасида ОФКга таклиф юборди  49 17:40"Манчестер Сити"да ўйнаш осон" — Нико Гонсалес  3

Alisher SHog'ulomov: “Andijon” bu yil autsayderlar orasida bo'lmaydi” Yangiliklar

Alisher SHog'ulomov: “Andijon” bu yil autsayderlar orasida bo'lmaydi”

Hujumchi Alisher SHog'ulomov yangi mavsumga tayyorgarlikni “Buxoro” safida boshlagandi.

Biroq malum muddat o'tgach u “Andijon” safiga borib qo'shilishga qaror qildi. Bunga nima sabab bo'lganini bilish maqsadida SHog'ulomovning fikrlari bilan qiziqdik.

O'tgan yilgi mavsum haqida
O'tgan yilni “Lokomotiv”da boshlagandim. Ammo o'yin amaliyoti kamligi uchun yangi jamoaga o'tishni istadim. Vadim Abramov bilan hech qanday muammo bo'lmagan, shunchaki ko'proq maydonga tushishni istaganim uchungina boshqa klubga o'tgim keldi.

Yozda “Olmaliq”qa o'tib o'yinim yanada yaxshilanadi deb o'ylagandim.  Aksiga olib “Olmaliq”da ishlarim yurishmadi, sport formam ham talab darajasida emasdi. Jamoadagi muhit yaxshi edi, ammo murabbiyning futbolga qarashi boshqacha ekan, shu bois jamoadan ketishga qaror qildim.

“Buxoro” haqida
2016 yilgi mavsumga tayyorgarlikni “Buxoro” safida boshladim. Tachmurad Agamurodovning taklifiga ko'ra bu jamoa yig'inida qatnashayotgandim. Bir nechta o'rtoqlik uchrashuvlarida ham maydonga tushgandim.Mavsumni shu klubda boshlashga yaqin edim. Biroq Baxtiyor Ashurmatov “Andijon”da ish boshlagach meni o'z jamoasiga taklif qildi. Xabaringiz bor, bu murabbiy bilan oldin “Guliston”da birga ishlaganman. Ularning o'yin uslublari menga maqul kelgani uchun “Andijon”ga o'tishga qaror qildim. Tachmurad Agamurodovga vaziyatni tushuntirdim, murabbiy meni to'g'ri tushundi va omad tiladi. SHu o'rinda SHamakovichga rahmat aytmoqchiman. Bundan tashqari “Buxoro” safida hujumchilar ko'p edi. Bahodir Pardaev bor, yaqinda Kamoliddin Murzoevning ham kelishi kutilmoqda. Lekin raqobatdan qo'rqib ketdim deya olmayman. O'yin amaliyoti ko'proq bo'lishi uchun vodiy klubiga o'tishga qaror qildim.

Baxtiyor Ashurmatov haqida
Baxtiyor Ashurmatov qiziqqon, hissiyotga juda ko'p beriluvchan murabbiy deb o'ylayman. O'zi ham futbol o'ynab yurganlarida qiziqqon va kurashdan qochmaydigan o'yinchi bo'lgan. Baxtiyor Azamovich tavakkal qilishni yaxshi ko'radi. SHu sabab ham ishlagan jamoalari doim chiroyli o'yin ko'rsatgan. Nasib qilsa, 2016 yilda ham “Andijon” muxlislarga yoqadigan o'yin namoyish etadi. 



“Andijon” jamoasi va muxlislari haqida
“Andijon”ga qarshi bir necha bor maydonga tushganman. Eng qizig'i barcha o'yinlarda g'alaba qozongan ekanman. Endi bor kuchim bilan bu jamoaning g'alabalariga xissa qo'shmoqchiman. “Burgutlar” bir necha yillardan buyon oliy ligada qolish uchun kurashmoqda. Ammo yangi mavsumda bunday bo'lmaydi. “Andijon” autsayderlar orasida yurmaydi deb umid qilaman. Tarkibga Robbim Hasanov, G'ulom O'runov, Azamat Isroilov va boshqa bir qator yangi futbolchilar qo'shilishdi. Jamoaning ajoyib muxlislari borligini bilaman. Andijonda futbolni sevishadi. Yangi mavsumda bunga o'zim guvohi bo'lishim mumkin. Stadion to'la muxlislar qarshisida o'ynash ajoyib. Buni “Guliston”da o'ynaganimda ham his qilganman. Moliyaviy tomondan u qadar baquvvat bo'lmasa ham jamoani minglab muxlislar qo'llab turishardi. Bu esa futbolchilarga qo'shimcha kuch bag'ishlardi. Futbol muxlislar uchun,  o'z gollarim bilan “Andijon” muxlislarini  quvontirishga harakat qilaman.

Futzal bo'yicha Osiyo chempionati haqida
Futzal bo'yicha Osiyo chempionatini diqqat bilan kuzatib borayapman. O'zbekiston terma jamoasi o'z tarixida ilk bor Jahon chempionatiga yo'llanma olganidan juda xursand bo'ldim. Tailandga qarshi kechgan yarim final uchrashuvini ham tomosha qildim. Qiyin kechgan bahsda vakillarimiz penaltilar seriyasida zafar quchishdi. Jamoada Konstantin Sviridov va Nodir Eliboevning o'yinlari menga maqul bo'ldi. Finalda qanday hisob qayd etilishidan qatiy nazar ular qahramonga aylanib bo'lishdi deb o'ylayman (suhbat 20 fevral kuni bo'lib o'tgan, muallif). O'zimiz ham qish faslida futzal o'ynab turamiz. Futbolga o'xshash va farqli tomonlari juda ko'p.


Reyting: +5   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика