So’nggi yangiliklar

08:01Клублар ўртасидаги ЖЧ. "Бавария" сўнгги дақиқалардаги гол эвазига ғалаба қозонди  0 07:31Суперлига. Бугун 13-турнинг марказий учрашуви бўлиб ўтади  4 07:20Суперлига. Захирадан тушган Жокичнинг голи "Нефтчи"га уч очко тақдим этди, "Насаф" эса Қашқадарё дербисида "Машъал"ни енгди  0 01:16Клублар ўртасидаги ЖЧ. "Бавария"дан 10та гол қабул қилган "Окленд Сити" "Бенфика" билан ўйинда ҳам кўп гол ўтказиб юборди  7 01:05Клублар ўртасидаги ЖЧ. Жексон туғилган кунида 4 дақиқадаёқ қизил карточка олган ўйинда "Челси" мағлубиятга учради  16 00:58Асрор Алиқулов: "Айрим футболчиларимиз Суперлига даражасига тайёр эмас"  1 00:38Виртц бу рейтингда учинчи бўлди  4 00:08Рўзиқул Бердиев: "Ёзда камида 2-3 футболчини олиб келамиз"  1 23:49Виталий Левченко: "Бухоро" ўзига муносиб бўлмаган жойда"  13 23:28Расман: "Ливерпуль" Виртцни 136 млн эвазига сотиб олди  13 23:12"Бухоро" ёрдамчи мураббийи: "Ҳакам нега футболчиларимизни сўкади? Ҳакамнинг "Нефтчи"га ёрдам бериши шарт эмасди"  16 22:47ПСЖ "Борнмут"га 55 млн таклиф қилди ва рад жавобини олди  0 22:25Саудия Арабистони клублари Фермин Лопесга қизиқиш билдирмоқда. "Бавария" ҳам футболчини ўз сафида кўрмоқчи  3 22:00Суперлига. "Нефтчи" "Бухоро" устидан қийин ғалабага эришди  35 22:00Суперлига. Ғузорда кечган воҳа дербисида "Насаф" "Машъал"дан устун келди  49

Alisher Samatov: ”Navbahor”da ahil jamoa shakllangan” Yangiliklar

Alisher Samatov: ”Navbahor”da ahil jamoa shakllangan”

Joriy mavsumni 8-o'rinda tugatgan “Navbahor”da moliyavy muammolar borligi aytilayotir.

SHunga qaramay jamoaning qayd etgan natijasini ijobiy baholash mumkin. CHunki qarzdorliklar sezilarli darajada bo'lishiga qaramay, “Lochinlar”ning ishtiroki chakki bo'lmadi. Jamoaning asosiy figuralaridan biriga aylanib ulgurgan Alisher Samatov bilan suhbatlashib, ayrim savollarga javob oldik.

- “Navbahor”da ikkinchi mavsumni o'tkazdingiz. Faoliyatingizdan ko'nglingiz to'lyaptimi?
- Bu yil ko'rsatgan o'yinimdan qoniqdim ham qoniqmadim ham deyishim mumkin. O'rtacha. Lekin imkon qadar doim jamoaning g'alabalariga o'z hissamni qo'shishga xarakat qildim. 


- O'tgan yili 7-o'rinni egallagandinglar. Bu yil esa jamoa 8-o'rin bilan cheklandi. Buni qanday izohlagan bo'lardingiz?
- Jamoamning egallagan o'rnidan shaxsan meni ko'nglim to'lmadi. Sababi biz bundanda yuqori o'rinni band etishimiz mumkin edi. Yigitlar bilan o'zaro maslahatlashgan xolda, 6-o'rin uchun kurash olib borishni maqsad qilgandik. Afsuski o'tgan yilgi o'rindan bir pog'ona pastladik. To'g'risi, bunga bir nechta sabablarni ko'rsatish mumkin. Extimol biz futbolchilar so'nggi turlarga jiddiy tayyorlana olmagandirmiz. SHuningdek ayrim bahslarda tayyor g'alabani qo'ldan chiqarib yuborib, qimmatli ochkolardan mahrum bo'ldik. Bu juda alam qildi. Xususan ilk turda “Mashal”ni o'z uyimizda qabul qilib, kutilmaganda yutqazib qo'ydik. CHempionatning ochilish o'yini bo'lgani uchun qandaydir hayajon bo'ldimi... Bilmadim. Keyin chempionat oxirlarida safarda “SHo'rtan”ga qarshi uchrashuvda ham yutayotgan paytimizda hotirjamlikka berildik shekilli, o'z darvozamizdan ketma-ket to'p o'tkazib yuborib, uch ochkoni boy berdik.

- Yana qaysi o'yinlar “Navbahor” uchun qiyin o'tdi?
- Umuman olganda oson uchrashuvning o'zi bo'lmadi. Har bir bahs o'ziga yarasha murakkab kechdi. Ayniqsa vodiy derbilarida jiddiy kurash bo'ldi. Qolaversa o'z uyimizda “Paxtakor”, “Nasaf”, “Lokomotiv” kabi etakchi klublarga qarshi o'tkazgan o'yinlarimiz ham juda qiyin bo'ldi. Eng alamlisi chempionatning so'nggi turida “Lokomotiv”ga qarshi bahsda tayyor g'alabani qo'ldan chiqarganimiz bo'ldi. So'nggi ikki daqiqada ikkita gol o'tkazib yuborib, qimmatli ochkolardan mosuvo bo'ldik. Aks xolda chempionatni 7-o'rinda yakunlardik. 


- Lekin so'nggi paytlarda “Navbahor”da moliyaviy muammolar borligi aytilmoqda. Aytishlaricha 7ta oylik va 10ta mukofot pullari hanuzgacha berilmagan. Lekin shunga qaramay jamoa 8-o'rinni egalladi. SHu tomondan olib aytadigan bo'lsak, bizningcha bu yaxshi natija. Fikrimizga qo'shilsangiz kerak?
- Albatta. Ochig'ini aytish kerakki, klubda moliyaviy muammolar hamon ko'ndalang turibdi. Bosh murabbiyimizning daldasi va ishonchini suistemol qilmasdan, shu kungacha har bir bahsga jiddiy tayyorgarlik ko'rib, faqat g'alaba haqida o'ylab maydonga chiqdik. Moddiy qiyinchilar bartaraf etilishiga vada berishgan. Kutyapmiz shuni.

- Murabbiy va futbolchilar o'rasida ishonch asosiy o'ringa chiqibdida?
- SHubhasiz. Baxtiyor Azamovich shunday qiyinchilik paytda ham shogirdlarini o'yinga qanday tayyorlashni yaxshi biladi. Murabbiyimiz bizga doim ishqibozlar hurmati uchun ham sidiqidildan o'ynashimiz kerakligini takidlab keladi. Ashurmatov o'z vaqtida futbolchi bo'lgani uchun ham o'yinchilar bilan qanday til topishishni biladi. Keyin vadasini ustidan chiqishi natijasida ko'pchilik bilan yaxshi munosabatda.   


- Baribir oylik maoshini o'z vaqtida olmay yurgan futbolchi ruhiy tomondan ham “sinib” qolsa kerak. Ishtiyoq pasayib ketadi to'g'rimi?
- Bo'lishi mumkin. Lekin bizda ahil jamoa yig'ilgan. Futbolchilar o'rtasidagi munosabat doimo alo darajada. Bu bizning eng katta yutug'imiz bo'ldi deyish mumkin.

- Ayni paytda sizga oliy liganing boshqa klubidan takliflar bo'layotgani haqida eshitdik. Aytingchi muxlislar sizni kelasi yil ham “Navbahor”da ko'radimi yoki jamoangizni o'zgartirishni o'ylayapsizmi?
- Xudoga shukur, chorlovlar yo'q emas. 2-3ta klubdan taklif bo'lmoqda. Lekin aniq bir to'xtamga kelmadim. “Navbahor” rahbariyati yaqin kunlar davomida qarzdorliklarni bartaraf etishni aytgan. Hozircha shuni kutib turibmiz. Agarda pullarimizni olsak va Ashurmatov jamoada qoladigan bo'lsa, menimcha tarkib saqlanib qoladi. Aks xolda asosiy tarkibning 70 foiz klub bilan xayrlashishi ham mumkin. SHu bois qani kutaylikchi, shu hafta barchasi malum bo'lishi kerak.

Islombek Rustambekov suhbatlashdi.

Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика