So’nggi yangiliklar

09:58"Насаф" ярим ҳимоячиси "Бунёдкор"га ўтиши мумкин  0 09:20"ФарДУ" иккинчи даврада Суперлиганинг бир нечта футболчиси билан шартнома имзолаши мумкин  1 08:46Назорат учрашуви. "Қўқон-1912" "Арал"ни мағлуб этди. Қўқонликлар сафида ОКМК футболчиси ҳаракат қилди  1 08:13ЦСКА директори Файзуллаев трансфери ҳақида гапирди  4 07:48Мираброр Усмонов хотира турнири. Бугун чемпион аниқланади  4 00:01Англия финалда Испанияни мағлуб этиб, аёллар ўртасидаги Евро-2025 ғолибига айланди  7 23:38Артур Испанияга қайтиши мумкин  0 23:15Доннарумма "Галатасарой"дан таклиф олган. Истанбулликлар дарвозабоннинг ПСЖ билан музокараларидаги қийинчиликдан фойдаланмоқчи  0 22:40"Ал Насср" Феликсдан сўнг ЖЧ ғолибини нишонга олди  5 22:16Диас "Бавария"га 75 млн евро эвазига ўтмоқда, томонлар барчасини келишиб олишди. "Ливерпуль" вингери 4 йиллик шартнома имзолайди  6 21:48"Ювентус" машғулотларни ўтказиб юборгани учун Дуглас Луисни 40-120 минг евро жаримага тортади. Хавбек Англияга йўл олмоқчи  0 21:21"Милан" "Реал"дан Фран Гарсиянинг нархини сўради. "Қироллик клуби" эса...  0 20:56Хави Симонс Лондон клубига ўтишга тайёр  0 20:18Томас Мюллер МЛСнинг "Ванкувер Уайткепс" клуби билан фаол музокаралар олиб бормоқда  2 19:40"Ал Насср" Антони бўйича таклиф билан чиқди. МЮ вингер учун 50 млн фунт олмоқчи  4

Alisher Nikimbaev: "Yosh futzalchilarimizning muvaffaqiyatsizligi sensaciya emas" Yangiliklar

Alisher Nikimbaev: "Yosh futzalchilarimizning muvaffaqiyatsizligi sensaciya emas"

Taniqli o'zbekistonlik futbol mutaxassisi Alisher Nikimbaev telegramdagi o'z kanalida Osiyo chempionati saralashida omadsizlikka uchragan O'zbekiston U20 futzal terma jamoasi haqida fikr bildirdi.

"Futzal bo'yicha O'zbekiston yoshlar terma jamoasining kechagi muvaffaqiyatsizligi aslida sensaciya bo'lmadi. Aslida hammasi shunga qarab ketayotgan edi va saralash bosqichining birinchi turida Qirg'iziston ustidan qozonilgan g'alaba mutaxassislarni biroz chalg'itdi.

Aslida futzal bir yildan beri hech kimga kerak emas. Agar eslasangiz, "mutaxassislar" xatto yoshlar o'rtasidagi Osiyo chempionati saralashi uchun qaydnomani vaqtida topshira olmagan edi. OFK birinchi qurani O'zbekistonsiz o'tkazdi. Ushbu saralashga mezbon topa olmagan tashkilot O'zbekistonga murojaat qilishiga to'g'ri keldi. Aynan shu narsa tufayli muammolar ko'rinib qoldi.

Muvaffaqiyatsizlik uchun ilk qadam bir yil oldin, futzal Associaciyasi tugatilganda qo'yilgan. Eslatib qo'yay, o'sha Associaciya ham tanqid qilingan. Professionalizm yo'qligi, O'FF rahbariyatida qarindoshlar yig'ilgani. Hammasi haqiqat edi. Klublar o'yinni rivojlantirish uchun rahbariyat bilan kurashishgan. Ammo bu urinishlar foyda bermagan. Natijada chempionat o'yinlari eski uslubda o'tavergan: Hamma jamoalar bir shaharda yig'ilib, dam olish kunisiz 5-6ta o'yin o'tkazishgan. Buning ustiga ilk o'yinlar tonggi soat 9da boshlangan, tribunalar esa bo'l bo'lardi. Biroq Associaciya nomiga bo'lgan tanqidlar uning yopilishiga qaratilmagan edi. Associaciya qaytadan ochish uchun 2000 yilning boshida yopilgan edi. Alohida Associaciya borligining ijobiy jihatlari: Futzalga etibor kuchliroq edi, klub, chempionat va terma jamoa etim bo'lib qolmasdi. Bir yil avval futzal Associaciyasining kadrlarini o'zgartirish etarli bo'lardi. Biroq kimdir butun futbolni o'z qo'liga olishga urinishi Associaciyaning yopilishiga olib keldi.

Hozir ko'pchilik bir narsani eslay olmasa kerak, bir yil oldin futzal bo'yicha mamlakat chempionati starti keyinroqqa qoldirilgan. O'yinchilar deyarli bir yil o'yin amaliyotisiz qolib ketishdi. Klublarda ikkita yo'l bor edi: Mashg'ulotlar uchun o'yinchilarga pul to'lash yoki ularni qo'yib yuborish. Ikkala variant ham futzal zarariga xizmat qilardi.

Keyinroq oliy ligaga biriktirilmagan jamoalarni chempionatda o'ynatmaslik qarori qabul qilindi. Bu qarorning maqsadini tushunish qiyin. Taxminlardan biri: "Ardus"ni chempionatda o'ynatmaslik xohishi. Agar bu haqiqat bo'lsa, hammasi absurd, chunki "Ardus" Mirabror Usmonov O'FF prezidenti bo'lguniga qadar mavjud edi. Yangi rahbarlar amalga oshirgan eng yaxshi ish - format o'zgargani. O'yinlar ikki davraga bo'lindi va jamoalar uyda hamda mehmonda o'ynash boshlashdi. Taqvim barqarorlashdi va murabbiylarda tahlil uchun vaqt paydo bo'ldi. Ammo muxlislar qiziqishi yo'qoldi. Oliy ligada muxlislarning o'yinlarga tashrifi bilan shug'ullangan PFL (faqat birinchi bosqichda) futzalni ommalashtirish bilan umuman shug'ullanmadi. Klublar ham futzal jamoalarini asosiy jamoadek qabul qilishga o'rgana olishmadi. Endi o'yinlar o'tayotganini hech kim sezmayapti. Na muxlislar va na OAV.

SHunday ekan, kechagi muvaffaqiyatsizlik futzalni "buzish" rejasining mahsuli bo'ldi. Agar "mutaxassislar" bularni o'ylab ko'rishmasa, yoqimsiz syurprizlar ko'proq bo'ladi" - deyiladi Nikimbaev kanalida.

Reyting: +52   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика