Alisher Nikimbaev: Toshkentga kelgan jamoalardan faqat bittasiga pul to'laganmiz
05 jan 2014 10:01
Yangiliklar
Alisher Nikimbaev: Toshkentga kelgan jamoalardan faqat bittasiga pul to'laganmiz
O'zbek futbolida Alisher Nikimbaev nomi o'ziga yarasha mavqey va hurmatga ega. Zero, O'FFda haligacha futbolni ikir-chikirlarigacha Alisher akachalik biladigan, tushunadigan mutaxassis yo'q.
Alisher Nikimbaev bilan suhbatning birinchi qismini o'quvchilarimizga oldinroq havola qilgandik. Uning ikkinchi qismini quyida o'qishingiz mumkin.
- Har bir professional futbol ligasi o'z klublarini hurmat qilishi kerak, - deya suhbatimizni davom ettirdi A.Nikimbaev. - Hozirda men BAA Pro-ligasida ishlayapman. U erda liganing klublarga munosabati umuman boshqacha. Liga mutasaddilari klub rahbarlari, bosh murabbiylarini chaqirib, ular bilan hamjihatlikda ishlashadi, qanday muammolaringiz bor, taqvim maqul kelyaptimi, bizdan nima yordam kerak bo'ladi, deb so'rashadi. SHunday ham bo'lishi kerak. CHunki hamma bir maqsad sari intilyapti. U OFK, Qatar, BAA yoki O'zbekistonda bo'ladimi, buning farqi yo'q. Masalan, Qatarda bu jarayon biroz o'zgacha yo'lga qo'yilgan. Klublarni licenziyalash masalalari bilan bevosita mamlakat futbol federaciyasi shug'ullanadi. Jamoalarning biznes rejalarini ham o'zlari tuzib berishadi. Qatar FFning asosiy maqsadi - OCHLda imkon qadar ko'proq o'ringa ega bo'lish. SHu narsani inobatga olib ham Qatar FFning o'zi klublarga har tomonlama ko'mak beryapti. BAAda esa biznes rejalarni klublarning o'zlari tuzib chiqishadi. Misol uchun, shu yilning fevral oyida Al-Vahda klubida uch hafta shartnoma asosida ishladim. Meni biznes rejani tuzishda yordam berish uchun taklif qilishgandi. To'rt yillik biznes rejani har yili Pro-liga tekshirib boradi. Xo'jako'rsinga, OFK taftish guruhi tekshirgani kelganda, shu hujjatlar bo'lishi uchungina qilinmaydi.
- BAA Pro-ligasi bilan qancha muddatga shartnoma imzoladingiz?
- Ochiq shartnoma imzolaganmiz. O'zim istagan paytda ishdan ketishim mumkin. BAA Pro-ligasi bilan shunday kelishuvimiz bor.
- 2004 yili siz O'FF qoshida tashkil etilgan Terma jamoalar bilan ishlash bo'limida federaciyadagi o'z faoliyatingizni boshladingiz. Aytingchi, o'sha paytda terma jamoalar bilan o'rtoqlik uchrashuvlari tashkil etish bo'yicha qiyinchiliklar bo'lganmi? Umuman, bu jarayonning o'zi qanday olib boriladi?
- 2000 yili Baxtiyor Rahimov O'FFga kelguniga qadar federaciyada umuman pul yo'q edi. Kim chaqirsa, o'sha mamlakatga borardik. Yig'inlarni ham tashkil etish qiyinchilik tug'dirardi. Yoshlar terma jamoasining o'sha paytdagi bosh murabbiyi Rauf Inileev Osiyo chempionati saralash o'yinlari oldidan yig'in tashkil etishni so'rab, murojaat qilganda, Marhamat, homiy topsang, yig'in tashkil qilib beramiz, degan javob berilgan. 1999 yili rahmatli Mahmud Rahimov terma jamoa bosh murabbiyi bo'lgan paytda, asosan Samarqand viloyat hokimligi homiylik vazifasini o'z zimmasiga olgan. 2000 yilgi Livandagi Osiyo kubogi oldidan milliy terma jamoamiz o'quv-mashg'ulot yig'inini Farg'onada o'tkazgan edi. Sababi, o'sha paytda terma jamoaga Yuriy Sarkisyan murabbiylik qilardi va tabiiyki, homiyni ham Farg'onadan topgan. Hozir o'ylab qarasam, O'FF tarixida uchta davr bo'lgan ekan. Birinchisi, 2000 yilgacha bo'lgan davr. Yani shu paytgacha O'FFda umuman mablag' bo'lmagan. SHu yili federaciyaga Baxtiyor Rahimov rahbar bo'lib keldi. Ilk yig'in Isroilda tashkil etildi. U erda o'rtoqlik uchrashuvi ham o'tkazildi. Keyin yoshlar terma jamoamiz Bolgariyadagi Albena Kubogida qatnashib keldi. Aynan shu Bolgariyadagi turnirda ishtirok etgan yoshlarimiz futbolimiz tarixida ilk bor jahon chempionatiga chiqishgan. 2002 yili ham 16, ham 19 yoshli futbolchilardan tarkib topgan terma jamoalarimiz Osiyo chempionatida yarim finalga qadar etib borib, 4-o'rinni egallagan. Faqat o'smirlarda kuchli uchlikdan joy egallagan terma jamoalar JCHga chiqishgani uchun biznikilarga yo'llanma tegmay qolgan. Aytmoqchi bo'lganim, aynan 2001 yildan futbolimizda ijobiy tomonga o'zgarishlar davri boshlandi. Mirabror Usmonov O'FF boshqaruviga kelgan vaqt uchinchi davr bo'ldi. Bu davrdagi o'zgarishlarni birma-bir sanab chiqishga hojat bo'lmasa kerak. Xalqaro maydondagi muvaffaqiyatlarimiz salmog'i sezilarli darajada oshib ketdi. 2007, 2008, 2009 yillarda kamida ikkitadan o'rtoqlik uchrashuvi O'zbekistonda o'tkazilgan. Men safarda o'tkazilgan o'rtoqlik o'yinlari haqida hali gapirayotganim yo'q. To'g'ri, biz Braziliya yoki Argentinani O'zbekistonga olib kelganimiz yo'q. Ammo biz ishlagan paytda terma jamoa hech bir yilda rasmiy o'rtoqlik uchrashuvisiz qolmagan. 2007 yili Qarshida Ozarbayjon bilan o'ynaganmiz. CHunki Toshkentda o'sha paytda O'zbekiston va Tojikiston olimpiya terma jamoalari uchrashuvi o'tkazilgan. O'sha yili Estoniya Toshkentga kelgandi. 2008 yili Iordaniya va KXDR terma jamoalari poytaxtda mehmon bo'lgan. Balki, ayrimlar koreyslarni raqib sifatida mensimas. Lekin o'sha yili KXDR Janubiy Koreya bilan JCH saralashining ikkala guruh bosqichida ham to'qnash kelgandi. Uchinchi saralash bosqichidagi har ikki o'yinda hisob ochilmagan. Aytmoqchi bo'lganim, KXDR kuchli jamoa bo'lgan. 2009 yili Bosniya va Eron bilan uyda o'ynaganmiz. Mana shu oltita o'yindan faqat bittasiga - Bosniya terma jamoasining Toshkentga kelishiga pul to'laganmiz, qolganlari tekinga kelgan. 2007 yilgi Osiyo chempionatidan oldin Koreyada yig'in tashkil etgandik. O'sha yig'in va o'rtoqlik uchrashuvi uchun koreyslar bizga pul to'lashgan. Ularning hisobidan ham yig'in, ham o'rtoqlik o'yini o'tkazganmiz. Iroq bilan bazadagi maydonda o'ynagandik. Koreya bilan uchrashuv asosiy stadionda bo'lib o'tgan. Terma jamoalar markazining bugungi faoliyati haqida hech narsa deya olmayman. Hozirgi mutasaddilarning o'zlari bunga javob berishsin. SHunisi aniqki, Mirabror Zufarovich davrida futbolimiz bir necha pog'onaga o'sdi.
- Terma jamoaning uch yillik rejasini avvaldan tuzib qo'yish mumkinmi?
- Bugungi kunda buning iloji bor. Masalan, Ukraina va Latviya terma jamoalarining bizdan qarzi bor. Biz Kiev va Rigaga borib o'rtoqlik o'yini o'tkazganmiz. O'zaro kelishuvga ko'ra, bu ikki terma jamoa Toshkent kelishlari shart bo'lgan. Ammo o'sha paytda ular taqdim etgan muddatlar bizning rejalarga to'g'ri kelmagan. Endi savolingizga qaytsam, 2014 yilning 5 mart sanasi FIFA kuni hisoblanadi. SHu kuni Osiyo kubogi-2015 saralash guruh bosqichining so'nggi tur o'yinlari bo'lib o'tadi. SHuni inobatga olsak, 1 mart kuniga o'rtoqlik uchrashuvi tashkil qilish juda qiyin masala. qolaversa, 25-26 fevral kunlari Osiyo chempionlar ligasi o'yinlari bor. Terma jamoaga nomzod futbolchilar OCHL o'yinlaridan so'ng eng yaxshi variantda faqat 27 fevral kuni yig'ilishi mumkin. Qanday qilib 1 mart kuni o'ynash mumkin? Men tanishlarim bilan gaplashib, 1 mart kuni Toshkentga kelinglar, deganimda barchasidan rad javobini oldim. CHunki, buni ular xohlagan taqdirda ham taqvim bunga yo'l qo'ymaydi. Haligacha Evropa bilan Osiyoning yillik taqvimi bir-biriga to'g'ri kelmayapti.
- Osiyoning taqvimi nechanchi yilgacha tasdiqlangan?
- 2018 yilgacha taqvim bor. Lekin keyingi Osiyo kubogining saralash bosqichi qanday tizimda o'tkazilishini OFKning o'zi ham bilmayapti. Osiyo kubogi hamda JCH saralash musobaqasini bitta qilib o'tkazish varianti ko'rib chiqilishi kutilyapti. Sarf-harajatlarni qisqartirish maqsadida shunday yangilikning joriy qilinishi ham mumkin. Bunday formatdagi musobaqa Afrika qitasida ham bo'lgandi. 2015 yildan keyingi musobaqalar qanday bo'ladi, bu savolga hozir hech kim aniq javob bera olmaydi. OFKning yangi rahbari musobaqalarning o'tkazilish tizimiga o'zgartirish kiritmasligiga hech kim kafolat bermaydi.
- Lekin Yaponiya, Janubiy Koreya terma jamoalarida o'rtoqlik uchrashuvi tashkil qilish masalasida muammo bo'lmayaptiku! Vaholanki, ular ham biz kabi OFK tasarrufidagi terma jamoalar.
- Birinchi galda bu terma jamoalarning imidji yuqori. Qolgan qita terma jamoalari ham siz aytgan jamoalar bilan xisoblashishadi. OFK qaroriga ko'ra Osiyo chempionatida kuchli uchlikdan joy olgan terma jamoalar keyingi qita kubogining saralash o'yinlaridan ozod qilinadi. Bunday olib qarasangiz, jahon chempionining o'zi ham kelasi mundial saralash bahslarida ishtirok etyapti. Bizda esa buning aksi. Tabiiyki, Yaponiya, Janubiy Koreya, Avstraliya terma jamoalari biz saralash o'yinlarida maydonga tushgan kuni FIFA kunidan unumli foydalanib, o'rtoqlik uchrashuvlari o'tkazishyapti. Men sanab o'tgan terma jamoalar OFKga saralashda o'ynamaymiz, deb talab ham qo'yishgan. CHunki, FIFA kunidagi bitta o'rtoqlik o'yini uchun raqiblardan 1,5-2 mln. dollar miqdorida pul olishyapti. Ularga Osiyo kubogining ortiqcha saralash o'yinlari mutlaqo kerak emas. Braziliya, Ispaniya kabi kuchli terma jamoalarning Seul yoki Tokioga kelishi uchun ular mablag' sarflayotgandir. Ammo chiptalar sotuvi, reklama hamda homiylardan o'sha xarajatlarini ikki barobar ko'p qilib chiqarib olishyapti. Eng katta foydani televideniedan topishyapti. Bizning televidenie pul to'lashga tayyormi? Bir so'z bilan aytganda, qitamizning etakchi terma jamoalari bilan OFK hisoblashishga majbur bo'lyapti.
- OCHLda mamlakatlarga o'rin ajratilishida televideniemizning kuchsizligi necha foizga rol o'ynaydi?
- Umuman o'ynamaydi. OFK OCHLdagi mukofot pullarining qandaydir foizini federaciyalarga jo'natadi, agar o'sha mamlakat televileniesi OCHL o'yinlari translyaciyasi uchun pul to'lagan bo'lsa. Bir yili Yaponiya 2 mln. dollar atrofida to'lagandi. SHundan 60 foizini OFK Yaponiya futbol federaciyasiga qaytargan.
- Mukofot jamg'armasini oshirish orqali OCHL nufuzini ko'tarish mumkinmi?
- Musobaqaga bo'lgan qiziqish mukofot jamg'armasiga bog'liq emas. OCHLga Xitoy va Eron futbol federaciyalari qiziqish bilan qaramoqda. BAAda bu musobaqaga u darajada qiziqish yuqori emas. Qatarda esa yo'q. Al-Sadd OCHLni yutganidan so'ng mamlakatda buni katta qahramonlik sifatida kutib olishmadi. Yaponiya va Koreya klublarining munosabatini pul bilan o'zgartirish mumkindir, lekin arab jamoalariga pulning qizig'i yo'q. Masalan, mukofot jamg'armasini qisqartiramiz, desa ham O'zbekiston klublari OCHLda ishtirok etaveradi. Ko'pchilik klublarimiz OFK Kubogida o'ynashga tayyor. Pul unchalik muhim emas, muhimi tajriba.
- O'rtoqlik o'yinlarining tashkil etilishida reyting qanchalik ahamiyatga ega?
- Katta ahamiyatga ega, deya olmayman. Fikrimni misol orqali tushuntirishga harakat qilaman. Evropaning aksariyat etakchi terma jamoalari qitaning autsayder jamoalari bilan ham o'rtoqlik uchrashuvi o'tkazishadi. Ko'pchilik kuchsiz tomon katta pul berib terma jamoa bilan o'ynayapti, deb o'ylaydi. Aslida unday emas. O'sha kuchli terma jamoalarning murabbiylari futbolchilarning ruhiyatini ko'tarish uchun bir yilda kamida bir marta mana shunday o'yinlarni tashkil etib berishni federaciyadan talab qiladi. Gollarga boy o'yindan so'ng jamoaning ruhiyati ko'tariladi. Bir yili Portugaliya Qozog'iston bilan o'rtoqlik o'yini o'tkazgandi. O'sha Krishtianu Ronaldu uchun Portugaliya terma jamoasidagi birinchi o'yin bo'lgandi. 2008 yili biz ham Portugaliya bilan o'ynashimiz mumkin edi. Faqat buning uchun terma jamoamiz Portugaliyaga borishi kerak bo'lgan. Ularga Toshkentga kelsanglar, o'ynaymiz deb bunga rad javobi berilgandi. Portugaliya esa darhol bizning o'rnimizga Farer orollari terma jamoasi bilan o'rtoqlik uchrashuvi o'tkazgandi. O'sha paytdagi terma jamoamiz bosh murabbiyini ham tushunish mumkin edi. CHunki, bizni JCH-2008 saralash 4-bosqichida Avstraliya va Qatar bilan o'yinlar kutib turgandi. Keyin Portugaliya o'rniga Ummonga borilgandi. Demak, hamma narsani pul bilan o'lchash ham to'g'ri emas. Lekin kuchli terma jamoalar har qanday holatda ham tekinga kelmaydi. Bazida muxlislarimiz kuchli terma jamoalar bilan o'yinlar yo'q, deb nolishadi. Yangi futbolchilarni sinab ko'rish uchun kuchsizroq jamoalar bilan o'rtoqlik o'yinlari o'tkazish muhimroq hisoblanadi.
- O'rtoqlik o'yinlarini tashkil etishda match-agentlarning roli qanday bo'ladi? Umuman, bu jarayon qanday amalga oshiriladi?
- Agentlar turlicha bo'ladi. Masalan, ayrimlari ikki tomon o'rtasidagi vositachilikning ipidan ignasigacha o'zi amalga oshiradi. Muzokaralardan to o'yin tugagunicha o'sha uchrashuvning o'tkazilishiga javobgar shaxs bo'ladi. Misol uchun, Bosniyani ham Toshkentga agent orqali olib kelganmiz. Ko'zga ko'ringan terma jamoalarning o'rtoqlik o'yinlari bilan asosan agentlar shug'ullanishadi. Agent o'yinning barcha ikir-chikirlarigacha o'zi hal qiladi. Keyin o'sha agent dunyoning etakchi futbol telekanallariga uchrashuv translyaciyasini sotishi ham mumkin. Bazi agentlar shunchaki, ikki tomon o'rtasida dastlabki kelishuvni amalga oshirib beradi, qolgan masalalar bilan keyin ularning o'zlari shug'ullanishadi.
- Bugungi kunda taxminan 400-500 ming dollarga qaysi terma jamoalarni Toshkentga olib kelish mumkin?
- Terma jamoalarning bugungi kundagi aniq baholarini bilmayman. Biz 2009 yili Bosniya terma jamoasini Toshkentga olib kelish uchun pul to'laganmiz. To'g'ri, o'shanda Bosniya terma jamoasining hamma yulduzlari ham kelmagan. CHunki, biz Bosniya bilan FIFA kuni o'ynamaganmiz. Lekin bosh murabbiyi va asosiy tarkibning bir necha futbolchilari Toshkentga tashrif buyurgandi. Gaplashilayotganda tarkibning o'zi bir nechta punktdan iborat bo'ladi. Masalan, Argentinani chaqirmoqchi bo'lsangiz, Messini alohida gaplashasiz. Keyin bir narsani aytish yodimdan ko'tarilibdi. Masalan, Qozog'iston bilan o'ynash uchun kelayotgan terma jamoa bilan Toshkentda o'rtoqlik uchrashuvi o'tkazish mumkin. Aytaylik oyning 11-15 kunlari FIFA kuni. Germaniya yoki SHveciyaning 11-kuni o'yini yo'q, lekin 15-sanadagi o'yinga Qozog'iston yo Ozarbayjonga kelyapti yoxud aksincha. Bunday holatlarda o'sha mamlakat bilan o'rtoqlik o'yini uchun gaplashish mumkin. Sababi, Toshkentdan Astanaga bir soatlik yo'l. Boku ham unchalik uzoq emas. Germaniya, Angliya kabi Evropaning markazidagi davlatlardan Toshkentga etti soat uchiladi. SHuncha yo'l bosib, bitta o'yin o'tkazib ketish ham to'g'ri emas.
- OFKdan ketishingizni rahbarning o'zgarishi bilan bog'lash mumkinmi?
- Xuddi shunday. Muhammad Bin Hammam meni ishga taklif qilgandi. Yangi rahbariyat esa Hammam ishga olib kelgan mutaxassislarni zimdan tozalash harakatlarini boshlagandi. Men, Tokuaki Suzuki va boshqa bir guruh mutaxassislar shu tufayli ishdan ketganmiz. Suzuki kuchli va talabchan mutaxassis bo'lgan. SHaxsan men bundan aslo afsuslanmayman. OFKda katta tajriba to'pladim va bu hozirgi ishimda asqotyapti.
Kamoliddin Alimov suhbatlashdi.

Fikrlar