So’nggi yangiliklar

02:13"Челси" - жаҳон чемпиони!  155 01:45U-20 Жаҳон чемпионатини биргаликда қабул қиламиз. Бу қандай бўлади?  0 00:35"Бавария" "Челси" футболчисига қизиқмоқда  1 23:40"Арсенал" ва "Спортинг" Гёкереш бўйича келишувга эришишга яқин  5 22:21"Ливерпуль" ўртоқлик ўйинида "Престон Норт Энд"ни мағлуб этди  1 21:56Терма жамоадаги муҳит, аёллар футболининг ривожи, Англиядан олинган таклиф ва 23 йиллик танаффусдан сўнг қўлга киритилган Осиё кубоги йўлланмаси ҳақида — Оминахон Валиханова  1 21:30МЮ 65 млн фунтлик трансферни амалга ошириши мумкин  0 20:40"Барселона" даъвогарлик қилаётган Рэшфорд Саудия Арабистонидан ажойиб таклифни рад этди  5 19:57"Бавария" "Арсенал" вингерига қизиқиш билдирмоқда  0 19:12"Реал" Родригонинг нархини маълум қилди  14 18:20Роберто Фирмино фаолиятини Осиёнинг бошқа мамлакатида давом эттиради  3 17:43Эндрик "Реал"дан ижарага кетмоқчи эмас  4 16:5840 ёшли Касорла "Овьедо" билан шартномасини 2025/26 йилги мавсумгача узайтирди. Клуб Ла Лигага қайтди  0 16:24Эшитдик-да! Жаҳон чемпиони бўлган мураббий Ўзбекистон МТЖни бошқариши мумкин  134 16:05Шомуродов: "Аргентинага қарши ўйнаб, қайси жиҳатларимизни кучайтириш кераклигини билиб олсак бўлади"  8

Alisher Nikimbaev: Roppa-rosa 10 yil avval... Yangiliklar

Alisher Nikimbaev: Roppa-rosa 10 yil avval...

Bundan 10 yil avval O'FF kongresida Mirabror Usmonov tashkilotning yangi prezidenti etib saylandi. Aynan shu kundan etiboran o'zbek futbolining yangi erasi boshlandi.

Men o'zbek futboli uchta davrga bo'laman, bular: 1992 - 2000, 2001 - 2005 va 2006 yildan to bugungi kungacha. Birinchi davrni, "imkoniyatimizdan kelib chiqib yashaymiz" deb nomladim. Ikkinchi davrda O'FFda pul bilan muammo bo'lmadi. Uchinchi davrda esa avvalgi yillarni qo'rqinchli tush kabi yodga olamiz.

Yozganlarim shunchaki quruq gap bo'lmasligi uchun bazi faktlarni keltirib o'taman. 2000 yil O'zbekiston yoshlar terma jamoasining bosh murabbiyi Rauf Inileev Osiyo chempionati saralash bosqichidan avval O'FF rahbariyatiga yig'in o'tkazish taklifi bilan chiqqanida "homiy toping, mashg'ulot o'tkazib", beramiz degan javobni eshitadi. Yana bir misol, milliy terma jamoamimiz Osiyo Kubogi - 2000ga "Neftchi"ning Farg'onadagi bazasida tayyorgarlik ko'rgan, boisi undan ortig'iga imkoniyat bo'lmagan.

2001 yildan barchasi o'zgardi. Yuqoriga qarab chiqa boshladik. Solishtirsak, 1992 yildan 2000 yilgacha 8 marotaba yoshlar va o'smirlar o'rtasidagi Osiyo chempionatlarining saralash o'yinlarida ishtirok etdik. SHundan ikkitasida qita chempionati yo'llanmasini qo'lga kiritdik. Osiyo chempionatlarida esa guruhdagi so'nggi o'rinni band etdik.

Keyingi besh yillik (2001-2005)dagi natijalar keskin o'zgardi. 6ta saralash turniri, 4ta qita chempionati va bitta JCH.

2006 yildan hozirgi kunga qadar 10 marotaba saralash o'yinlarida qatnashib, maksimal natijaga erishildi. 10ta Osiyo chempionatidan 4tasida jahon chempionatiga yo'l oldik.

O'sish sezilarli darajada-a? Undan tashqari, so'nggi JCHlarda chorak finalga qadar etib borganimizni takidlab o'tish lozim. SHuningdek, Osiyo chempionatlaridagi natijalarimiz ham o'zgardi.
Bunga faqat pul bilan erishdik deb aytish noto'g'ri bo'lardi. Futbolga bo'lgan qarash ham o'zgardi. Yana bir bor faktlarni keltirib o'tamiz:

- 1992 yildan 2000 yilga qadar O'FF bor yo'g'i bir marotabadan yoshlar va o'smirlar o'rtasidagi Osiyo chempionatlarining saralash o'yinlariga mezbonlik qildi.
- 2001/05da esa 4 marotaba saralash o'yinlari Toshkentda bo'lib o'tdi.
- 2006 yildan keyin esa ikki marotaba futzal bo'yicha Osiyo chempionati va ikki marotaba o'smirlar o'rtasidagi qita chempionatiga mezbon bo'ldik. Bu yil yana bitta futzal o'rtasidagi muhim musobaqaga mezbon bo'lamiz.
2005 yil futzal o'rtasidagi Osiyo chempionatini o'tkazishimiz o'sha paytda keng tomonlama qo'llab-quvvatlanmagan edi. Ammo 2006 yil yangi rahbar qo'l ostida musobaqa alo tarzda o'tkazildi.
Yuqoridagi faktlardan kelib chiqib, Mirabror Usmonovni O'FF yo'lboshchisi sifatida yana uzoq yillar ishlashini tilayman. Hali u kishi bilan zabt etishimiz kerak bo'lgan cho'qqilar ko'p. JCH va Olimpiadaga chiqishimizga bir qadam qolgan edi. Demak, buyog'iga oz qoldi.


Alisher Nikimbaev

Reyting: +7   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика