So’nggi yangiliklar

15:28ФИФА Жаҳон чемпионати пайтида клубларга қанча пул тўлайди?  1 15:10Индонезия терма жамоаси футболчиларига Хитой устидан қозонилган ғалаба учун Rolex соатлари совға қилинди  2 14:22"Ливерпуль" 120 млн евролик иккинчи трансферини тайёрламоқда  2 13:56Майк Меньян АПЛ гранди сафига ўтишга яқин  1 13:25Ўзбекистон ЖЧда! Қувончли лаҳзалардан ФОТОГАЛЕРЕЯ  10 13:02Жоау Феликс собиқ клубига қайтмоқчи  1 12:30Ўзбекистон – Қатар ўйинини хитойлик ҳакамлар бошқариб боради  18 12:02ПСЖ "Бавария"дан 50 млн еврога ўйинчи харид қилиши мумкин  0 11:25Роналдуга КЖЧ иштирокчиси сафига ўтиш таклиф қилинди  13 11:00“Фенербахче“ ТОП трансфер амалга ошириши мумкин  1 10:35“Арсенал“ дунёнинг энг қиммат дарвозабонини сотиб олишга яқин  0 10:13БМБ иккита легионери билан хайрлашди  0 09:48Неймар коронавирус юқтириб олди  6 09:22Олимпия терма жамоамиз Қирғиз Республикасига қарши ўртоқлик учрашувида майдонга тушади  8 08:53Қатар терма жамоаси бугун Тошкентга келади  20

Alisher Nikimbaev: "Navbahor" muxlislari juda talabchan va birdam!" Yangiliklar

Alisher Nikimbaev: "Navbahor" muxlislari juda talabchan va birdam!"

FIFA munozaralarni hal qilish palatasining rossiyalik murabbiy Aleksey Belenkovning "Navbahor"ga qarshi davosi bo'yicha chiqargan qarori 3 kundan beri jamoatchilikni hayajonga solib qo'ydi va ilgari ham malum bo'lgan holatlarni yana bir marta ko'rsatdi.

"Navbahor"da juda talabchan va birdam muxlislar bor. Ular klub mutasaddilaridan o'z xatolarini tan olishlarini emas, murabbiy bilan mojaro to'g'risidagi xabarlarni rad etishni talab qilishni afzal ko'rishyapti.

Namanganlik ishqibozlar mamlakatda eng talabchan ekanini 30 yildan beri (balki, undan ham ko'proq) bilamiz. Men "Navbahor"da ishlash uchun taklif olgan, ammo bunday bosim ostida ishlashdan bosh tortgan bir nechta mutaxassislarni bilaman. Etibor qiling, misol uchun, Andrey Kanchelskis Namanganni birinchi bor tark etganidan keyin yana "Navbahorga" qaytishi va ishlashda davom etayotgani uning jangovar ruhidan darak beradi (MYU yulduzidan yana nimani kutgan edingiz?).

Hozirgi mojaroli vaziyat "Navbahor" ishqibozlarida klub qarorlariga tasir ko'rsata oladigan real mexanizmning yo'qligi bilan bog'liq. Ha, bu holatdan muxlislar juda xafa bo'lishdi va Belenkovga to'lanadigan summani yig'ish uchun tayyorliklarini ham bildirishdi (bu oliyjanoblik juda tasirli). Ammo muxlislarning pullari klub rahbariyati xatolarini to'g'rilashga emas, klubni rivojlantirishga sarflansa, yanada foydali bo'lardi.

Muxlislardan pul yig'ish futbol olamida yangilik emas. Misol uchun, "Manchester Yunayted" azolari har yili 35 funt to'lashadi. Keksalar va voyaga etmaganlar uchun chegirmalar mavjud. Buning evaziga ramzlar, esdalik sovg'alari va bir qator imtiyozlarga ega bo'lishadi: klub do'konidan xarid qilinganda 10% chegirma, uy uchrashuvlari uchun chiptalarni sotib olishdagi ustunlik, jamoaning mehmondagi o'yinlariga chipta olish uchun favqulodda huquq va boshqalar.

Ammo men "Navbahor" uchun MYU modelini taklif qilmayman. Angliyada klublar akcionerlik jamiyatlari bo'lib, hatto minoritar akciyador ham klub siyosatiga tasir o'tkazolmaydi. Eng yorqin misol — "Arsenal"dagi Alisher Usmonov. U 30% akciyalarga egalik qilgani holda klub kengashi orqali bitta qarorni qabul qila olmagan. Natijada Usmonov akciyalarini sotishga qaror qildi.

"Navbahor" muxlislari "Real", "Barselona", "Atletik Bilbao" va "Osasuna"ga etibor qilishlari kera. Mazkur klublar associaciya sifatida ro'yxatdan o'tgan va akciyalar mavjud emas. Tushunishimizcha, boshqaruvchi sifatida ushbu klubning egalari yo'q. Klub azolari bor va ular prezidentni saylashadi. Prezident kundalik faoliyat bilan shug'ullanadi, klubning rivojlanish strategiyasini belgilaydi.

Klubning bunday azolari "socios" (sosos) deyiladi. "Real"da 90 ming, "Barselona" da esa taxminan 160 ming socios bor. Socios bo'lish oson emas. Buning uchun yillik to'lovning ("Real"da 123 evro) kamlik qiladi. Masalan, siz faqatgina amaldagi 2 azoning tavsiyasi bilan "Real Madrid" azoligiga nomzod bo'lishingiz mumkin. Deyarli shunga o'xshash qoidalar "Barselona"da ham bor.

Ehtimol, "Navbahor"ning egalik shaklini o'zgartirish orqali inqirozni engishga yordamlashish va moliyalashtirishni yanada barqaror qilish mumkin.

Aytgancha, "Navbahor"ning homiylar ro'yxati elon qilindi. Bu ro'yxatga 16 bank kiritilgan bo'lib, bu homiyliklarning tijoriy qiymati nolga teng. Agar ro'yxatda ularning raqobatchilari ham bo'lsa, ushbu banklarga klubga homiylik qilishdan maqsad nima? Masalan, PFL klublarning Pepsi bilan hamkorlik qilishlarini qatiyan taqiqlaydi, chunki bu tashkilotning Koka-Kola bilan kelishuvini buzishi mumkin. 2000 yillarning boshida mahalliy neft va gaz qayta ishlab chiqaruvchi kompaniyalardan biri OFK CHempionlar Ligasi homiysi bo'lishni xohladi, ammo Qatar Petroleum kompaniyasi bu borada oldinroqda edi. Bir klub yoki musobaqada bir sohaning ikki vakili homiy bo'lishi mumkin emas, 16 tasi esa - umuman bemanilik. Bu homiylik emas, homiylik uchun majburlash.

SHubhasiz, "Navbahor" muxlislari sevimli jamoalarining sovrin yutishini sog'inib qoldi. Namangan klubi tarixidagi yagona chempionlik 1996 yilda, uchinchi va hozircha so'nggi Kubok 1998 yilda qo'lga kiritilgan. "Navbahor" muxlislari ko'prog'iga loyiq", - deb yozadi Alisher Nikimbaev telegramdagi o'z kanalida.

Reyting: +41   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика