So’nggi yangiliklar

17:45КЖЧда энг кўп мухлис қайси жамоа ўйинига тушмоқда?  2 17:35Дублга эришган легионер, "Навбаҳор"ни мағлуб этган мураббий, гол ўтказмаган посбон ва 25 ёшли ҳимоячи — Суперлигада 15-турнинг энг яхшилари  0 17:29Мирко Еличич - "Локомотив" бош мураббийи  1 17:12Рустам Ашурматов "Истиқлол" футболчисига айланди  1 17:08Расман: Бобир Абдихолиқов "Пахтакор" футболчиси  6 16:58Мали, Фламарион, Качорри, Ратиньо, Дориев ... Суперлига 15-тур рамзий терма жамоаси  0 16:20"Андижон"га янги дарвозабон ва мураббий келмоқда  5 16:069 нафар ҳакам ўйин натижаларига таъсир кўрсатишда гумонланмоқда  4 15:55Эшитдик-да! "Навбаҳор" яна икки нафар бразилиялик футболчини олиб келмоқчи  8 15:32Улар ҳақида эртага ҳам гапиришади: биринчи давранинг кашфиётлари кимлар бўлди?  0 15:10Авазбек Ўлмасалиев: "Иккинчи даврада ўз ўрнимизни қайтарамиз, ОКМК курашдан чиққани йўқ"  0 14:45Энрике Доннарумма ҳақида: "Жижжо яхши инсон эканини ҳамма билади. Мусиалага тезроқ соғайишини тилаймиз"  3 14:32"Андижон"га польшалик ҳимоячи келмоқда  9 14:15"Интер" Чалханоглу учун 30 миллион евро сўраяпти, аммо клуб ярим ҳимоячини сақлаб қолмоқчи  3 14:04Рустам Ашурматов "Истиқлол"да тиббий кўрикдан ўтди  2

Alisher Nikimbaev: "Nasaf" eng qiyin guruhdan o'rin oldi" Yangiliklar

Alisher Nikimbaev: "Nasaf" eng qiyin guruhdan o'rin oldi"

Taniqli futbol mutaxassisi Alisher Nikimbaev OCHLda jamoalarimiz imkoniyatlari haqida o'z fikrlarini bildirdi.


"LOKOMOTIV" UCHUN QUR'A QULAY KELDI

- O'ylashimcha, "Lokomotiv" uchun qura qulay keldi. Guruhda "Loko"dan unchalik kuchliroq raqiblar deyarli yo'q. Masalan, Dubayning "Al Nasr" jamoasini olaylik. To'g'ri, ular bu yili BAAda ikkita kubok sohibiga aylandi. Lekin ular BAAning eng kuchli jamoalari qatoriga kirmaydi. "Al Nasr" tartib-intizom borasida etakchilar qatorida bo'lishi mumkin. Ammo shuni aytish kerakki, "Al Nasr" engilmas jamoa hisoblanmaydi.
"Sepaxon" ham "Lokomotiv"dan kuchli emas.  Umuman oxirgi paytlarda Eron jamoalarining saviyasi tushib ketdi. Pley-offdan "Al-Ittihod" jamoasi guruh bosqichiga chiqsa kerak. Biroq "Al-Ittihod" ham avvalgi kuchga ega emas.


"PAXTAKOR"NING MUAMMOSI RAQIBLARIDA EMAS, BALKI O'Z O'YINI VA TARKIBIDA


- "Paxtakor"ning asosiy raqibi "Al Hilol" bo'lishi aniq. Ikki mavsumdan buyon OCHL yarim finaliga qadar etib borgan "Al Ahli" Osiyodagi eng kuchli jamoalar qatorida turishi aniq. "Traktorsozi" esa o'rtamiyona jamoa. Pley-offdan esa qaysi jamoa chiqishi nomalum. "Al Jazira" bugungi kunga kelib katta muammolarga duch kelmoqda. Jaziraliklar bugun "Fujayra"ga ham yirik hisobda yutqazishdi va turnir jadvalida 11-pog'onada bormoqda. Yanvarda "Al Jazira"da katta o'zgarishlar ruy berishi aniq. Ammo jamoa pley-offgacha tiklanishga ulgurmasligi mumkin. demak "Al Sadd"da guruh bosqichiga chiqish imkoniyatlari yuqori. Lekin "Paxtakor"ning asosiy muammosi raqiblarida emas, o'zining o'yini va tarkibida bo'lishi mumkin. Jamoani kim boshqaradi, qaysi futbolchilar qoladi-yu, kimlar ketadi, shularni ko'rish kerak.


"NASAF" ENG QIYIN GURUHDAN O'RIN OLDI


- Qarshining "Nasaf" jamoasi eng qiyin guruhdan o'rin oldi. "Al Ayn" BAAning amaldagi chempioni va bugungi kunda ham musobaqa peshqadami. Yozda jamoaning barcha legionerlari ketgan bo'lsa ham, bu narsa ularning o'yinlariga salbiy tasir ko'rsatgani yo'q. Saudiyaning "Al Ahli" jamoasi kuchli va jiddiy raqib. Buni "Nasaf" yaxshi biladi. Pley-offdan qaysi jamoa chiqishidan qatiy nazar guruhda "Nasaf"ga munosib qarshilik ko'rsatadi.


"BUNYODKOR" HAQIDA

- "Bunyodkor" haqida gapiradigan bo'lsam, toshkentliklarga qiyin bo'lishi kundek ravshan. O'tgan safar "Al Jazira"ni osonlik bilan mag'lub etishganini tezda unitish kerak. "Al SHabab" uchun OCHL bu katta chaqiruv. SHu boisdan bu o'yinga ular bor kuchlarini sarf etishlari aniq.


JAMOALARIMIZ TARKIBLARINI KUCHAYTIRISHLARI LOZIM


- Birinchi o'rinda barcha jamoalarimiz tarkiblarini kuchaytirib olishlari zarur. Bu borada klublarimiz ishni boshlashlari kerak. "Bunyodkor" va "Paxtakor" esa murabbiylar shtabini ham kuchaytirib olishi lozim. Agarda hammasi joyida bo'lsa, to'rttala jamoalarimiz ham guruhdan chiqishlari uchun imkoniyatlar mavjud.

Reyting: +15   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика