So’nggi yangiliklar

15:46"Лацио" — "Наполи". Таркиблар маълум  1 15:02Рамос фаолиятини Францияда давом эттириши мумкин  1 14:37"Реал" Винисиус бўйича қарор қабул қилди  4 14:14"Реал" "Тоттенхэм” ҳимоячисига даъвогарлик қилмоқда  0 13:50Алонсо "Реал"дан "Ливерпуль” юлдузини сотиб олишни сўради. "Қаймоқранглилар" 100 млн евродан ортиқ маблағ тайёрлаб қўйди  2 13:23"Кристал Пэлас" ўз форвардини "Манчестер Юнайтед"га сотишдан бош тортмоқда  0 12:58"Ливерпуль” "Реал" юлдузини нишонга олди. "Қизиллар" биринчи таклифни беришди  1 12:33"Милан" Влаховични ўз сафига қўшиб олмоқчи. "Ювентус" форварди "Барселона"га кетадиган бўлса, "россонерилар" Левандовскига ҳаракат қилиб кўради  0 12:04Бу йил Суперлига "ёнади", декабрда ҳам ўйинлар бўлади  7 12:00Бугунги ўйинлар: "Ман Сити" — "Челси", "Реал" — "Бетис" ва бошқалар  3 11:22"Барселона" Бастонининг трансфери бўйича қарор қабул қилди  6 10:43Пеп Гвардиоланинг "Манчестер Сити"даги келажаги ҳақидаги саволга жавоб берди  1 10:15Драган Черан: “Андижонлик мухлислар нафақат Ўзбекистонда, балки жаҳон даражасидаги бренд”  12 09:48Лионель Месси фаолиятини Англияда давом эттириши мумкин  5 09:20"Каттақўрғон" яна бир тажрибали футболчи билан шартнома имзолади  6

Alisher Nikimbaev ham kun mavzusiga munosabat bildirdi Yangiliklar

Alisher Nikimbaev ham kun mavzusiga munosabat bildirdi

"Lokomotiv" shifokori Abror Pirrievning o'z telegram kanaliga qo'ygan posti ko'pchilikning muhokamasiga sabab bo'ldi.

Malumki, kecha Superliga 23-tur doirasida "Lokomotiv" - AGMK uchrashuvi o'tkazildi va bunda "temiryo'lchilar" 2:1 hisobida zafar quchishdi. O'yindan oldin havo sovuq bo'lgani uchun "Loko" futbolchilari shortik ostidan ichki kiyim (gamash) kiyib maydonga tushishni maqsad qilishdi, albatta tanani issiq tutishi uchun. 

Biroq ichki kiyim (gamash) qora rangda bo'lgani uchun uchrashuv komissari Sardor Qudratullaev bilan hakamlar nazoratchisi Mamur Saidqosimov futbolchilarga gamash kiyishga ruxsat bermadi. Negaki futbolchilar shortigi qizil rangda edi. Abror Pirriev mana shu masalani ko'tarib, avvalo sog'lik birlamchi ekanini nazarda tutib fikr bildirdi. 

Keyinchalik uning fikriga PFL rasmiy sayti munosabat bildirdi. SHuningdek, saytimiz xodimi Mamur Saidqosimovdan intervyu olib, uning fikrini chop etdi.

 

Bugungi kunda Qatarda faoliyat olib borayotgan Alisher Nikimbaevni ham ushbu mavzu befarq qoldirmadi va taniqli mutaxassis o'z telegram kanalida fikr qoldirdi. 

Xususan Alisher Nikimbaev shunday yozgan: "SHifokor Abror Pirriev futbolchilarning qo'shimcha ekipirovkasi qanday rangda bo'lishi haqida yaxshi mavzuni ko'tardi. Unga PFL va kechagi o'yin nazoratchisi operativlik bilan javob qaytardi. Ular bu o'rinda o'yin qoidalarini yodga olib, ichki kiyim shortik bilan bir xil rangda bo'lishi ekanligiga urg'u qaratishgan". 

"Faqat shu o'rinda yana bir jihatga etibor qaratish kerakki, o'yin qoidalariga ko'ra darvozabonlar formasi ham hakamlar va maydondagi boshqa futbolchilar formasidan farq qilishi talab etiladi. Agar darvozabonda boshqa forma bo'lmasa uni almashtirmasligi mumkin. Kechagi o'yinda esa har ikki jamoa darvozabonlari, shuningdek hakamlar ham qora rangli liboslarda harakat qilishdi. Bundan ko'rinib turibdiki, kechagi o'yin paytida na "Lokomotiv" darvozaboni, na AGMK posboni va na hakamlar brigasida qora formadan boshqasi bo'lmagan". 

Reyting: +22   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика