So’nggi yangiliklar

09:40Бразилиялик бизнесмен бутун бойлигини Неймарга қолдирди  0 09:20Италия терма жамоасининг собиқ устози "Фенербахче"ни бошқаришга асосий номзод  0 09:00Месси ўйиндан олдин кўз ёшларини тўхтата олмади. Баҳс якунидан сўнг мухлислар билан хайрлашди  5 08:35ЖЧ-2026. Яна учта терма жамоа мундиал йўлланмасини қўлга киритди  6 08:06CAFA Nations Cup. Бугун Қирғиз Республикасига қарши майдонга тушамиз  6 07:39ЖЧ-2026 саралаш. Аргентина, Бразилия ва Уругвай йирик ҳисобда ғалаба қозонди  6 01:45ЖЧ-2026 саралаши. Германия мағлуб бўлди, Нидерландия дуранг ўйнади ва бошқа натижалар билан танишинг  9 01:20Валерий Карпин: "Иорданиядан бунақасини кутмагандик"  11 00:51Родри: "Бу жароҳат менинг фаолиятимни узайтирди"  1 00:33Даниэль Леви 24 йилдан сўнг "Тоттенхэм"дан кетди  1 00:03Ўртоқлик учрашуви. Россия - Иордания ўйинида голлар урилмади  5 23:51Фаррух Сайфиев Расул Чориевнинг ҳолидан хабар олди  14 23:31Ўртоқлик учрашуви. Саудия Арабистони Шимолий Македония термасини мағлуб қилди  0 23:09Ўзбекистон терма жамоаси Қирғизистонга қарши ўйин олдидан машғулот ўтказди ГАЛЕРЕЯ  5 22:51Эрон "CAFA Nations Cup-2025" финалига йўлланма олди  9

Alisher Nikimbaev: "Gollandiya yoki Italiyadan MTJga kuchli murabbiy olib kelish kerak" Yangiliklar

Alisher Nikimbaev: "Gollandiya yoki Italiyadan MTJga kuchli murabbiy olib kelish kerak"

O'zbekiston milliy terma jamoasi JCH-2018 musobaqasiga chiqa olmadi. Milliy terma jamoamiz kelajagi haqida futbol mutaxassisi Alisher Nikimbaevning fikrlari bilan qiziqdik.

- O'zbekiston milliy terma jamoasi nima sababdan mundial yo'llanmasini qo'lga kirita olmadi deb o'ylaysiz?

- Sabablar juda ham ko'p. Bittasini olib aytish mushkul. Biz ko'rgan sabablarning dastlabkisi bu murabbiyning saviyasi. Ikkinchidan futbolchilar o'yinlarga tayyor bo'lishmagandir. Lekin terma jamoaning ichida bo'lmagan odam unga baho berish juda ham qiyin. Biz ko'rgan narsa, murabbiyning futbolchilarni tanlashdagi xatosi bo'ldi. 

- Igor Sergeev terma jamoamizga munosib futbolchi edimi?

- Hujumchi maydonga tushdimi, raqib darvozasiga gol urmasa demak u o'sha o'yinga o'z hissasini qo'shmagan bo'ladi. Mening shahsiy fikrim, Igor Sergeev terma jamoamiz uchun loyiq futbolchi. Faqat uning xayotida nimadur sodir bo'lgan. O'tgan yilgi mavsumda juda ham yaxshi sport formasida bo'lgan. Ichki chempionatda ham OCHLda ham terma jamoa ishtirokidagi o'yinlarda ham gollar urgan. Lekin Xitoyga ijara asosida ko'chib o'tgani faoliyatida qandaydir burulish sodir bo'lgan. Xitoyga borgani katta xato bo'lgan. 


- Milliy terma jamoadan Samvel Babayan istefoga chiqarildi. Endi murabbiylik postiga mahalliy murabbiy olib kelish kerakmi yoki Evropadan kuchli mutaxassis olib kelgani maqulmi?

- Hozirgi vaziyatda faqat chet eldan kuchli mutaxassis olib kelishni aytgan bo'lardim. Bu mening shahsiy fikrim albatta. Men Rossiyalik murabbiylarga ham ishonch bildirmayman. Gollandiyadan yoki bo'lmasam Italiyadan kuchli murabbiyni olib kelish kerak. Terma jamoaga bosh murabbiyni tanlash jarayoning o'zi ham oson emas. CHunki birinchi navbatda futbolimiz qaysi tomonga rivojlanishini bilishimiz kerak. Gollandiya futboli boshqacharoq bo'lishi mumkin, yoki bo'lmasam Italiya futboli umuman boshqacharoq bo'lishi mumkin. SHuning uchun mutaxassislar o'zaro maslaxatlashib yo'nalishlar belgilanganidan so'ng murabbiy tanlash kerak.


Jahongir Sotvoldiev suhbatlashdi
Muallif :
Reyting: +43   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика