So’nggi yangiliklar

19:01А Серия. "Наполи" Римда "Лацио"ни қийинчиликсиз мағлуб этди  1 18:58"Реал Мадрид" — "Реал Бетис". Таркиблар маълум  4 18:37Ван Дейк Испания супер клубига ўтишни истаган эди  0 18:16"Челси" "Ньюкасл"дан Италия терма жамоаси футболчисини ўз сафига қўшиб олмоқчи  0 17:50"Реал" икки юлдузидан қутулишни режалаштирмоқда  1 17:21Тунис терма жамоаси футболчиси: “Биз футболда 10 йил орқадамиз”  1 16:48Мармуш "Астон Вилла"га ўтиши мумкин  7 16:21"Лидс" — "Манчестер Юнайтед". Таркиблар маълум  12 15:02Рамос фаолиятини Францияда давом эттириши мумкин  1 14:37"Реал" Винисиус бўйича қарор қабул қилди  8 14:14"Реал" "Тоттенхэм” ҳимоячисига даъвогарлик қилмоқда  0 13:50Алонсо "Реал"дан "Ливерпуль” юлдузини сотиб олишни сўради. "Қаймоқранглилар" 100 млн евродан ортиқ маблағ тайёрлаб қўйди  3 13:23"Кристал Пэлас" ўз форвардини "Манчестер Юнайтед"га сотишдан бош тортмоқда  0 12:58"Ливерпуль” "Реал" юлдузини нишонга олди. "Қизиллар" биринчи таклифни беришди  2 12:33"Милан" Влаховични ўз сафига қўшиб олмоқчи. "Ювентус" форварди "Барселона"га кетадиган бўлса, "россонерилар" Левандовскига ҳаракат қилиб кўради  0

Alisher Nikimbaev Evropa Superligasi haqida qanday fikrda? Yangiliklar

Alisher Nikimbaev Evropa Superligasi haqida qanday fikrda?

Taniqli futbol mutaxassisi Alisher Nikimbaev Evropa Superligasi haqidagi o'z fikrlarini bayon qildi.

"Superliganing yaratilishiga bo'lgan munosabatim (eslatib o'taman, biz Evropa Superligasi haqida gapirmoqdamiz) salbiy. Men, yani "Manchester Yunayted" muxlisi va 20 yildan ortiqroq vaqt davomida futbol tuzilmalarida ishlagan inson sifatida milliy chempionatlar va terma jamoalar barchasidan ustundir. SHuningdek men ham mavjud qoida va reglamentlarga rioya etish zarur deb bilaman. Superliganing yaratilishi esa ushbu qoida va reglamentlarga ziddir.

Ammo, bu ko'proq  futbol ruhiyatiga ham ziddir. Katta klublarning chempionat va CHempionlar Ligasidagi ishtiroki ligalar va UEFAga pul ishlash imkoniyatini beradi, bu esa kichik klublar va katta bo'lmagan futbol federaciyalarining rivojlanishiga ketadi. UEFA CHempionlar Ligasidan tushadigan mablag'ni hatto hech qachon guruh bosqich o'yinlarini qabul qilmagan mamlakatlar bilan ham bo'lishadi. Katta klublarning chiqishi va boshqa musobaqaning tashkil etilishi UEFAning daromadini, balki barcha azo associaciyalarning ham daromadini pasaytiradi.

Bundan tashqari, futbolchilarning diskvalifikaciyasi terma jamoalarni ham kuchsizlantiradi va FIFA, jumladan yoshlar va ayollar musobaqalariga bo'lgan qiziqishni kamaytirishi mumkin. Bu FIFAning ham daromadiga tasir ko'rsatadi.

Albatta, bundan futbolchilari superklublarda o'ynamaydigan terma jamoalar yutishi mumkin. Masalan, Rossiya yoki Osiyo jamoalari. Ammo, bu yutuqlarning ahamiyatini keskin tarzda pasaytiradi, shunday ekan xursand bo'lishga o'rin yo'q.

Bir necha yillardan buyon yopiq liga sifatida mavjud bo'lgan va milliy chempionatlardagi ishtirok orqali deyarli o'tish imkonsiz bo'lgan Evroligasi bor basketbolni futbol bilan taqqoslash kerak emas. U erda alohida mavjud bo'lgan va Evropa uchun o'ziga xos mayoq bo'lgan NBA allaqachon mavjud edi. Futbolda 160 yildan buyon boshqa qadriyatlar ustuvor" - deb yozadi Alisher Nikimbaev telegramdagi o'z kanalida. 

→ LIVE  Evropa Superligasi. Musobaqa borasidagi barcha xabarlar bitta sahifada

Reyting: +13   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика