So’nggi yangiliklar

10:00Стивен Жеррард Чемпионшип жамоасини бошқариши мумкин  0 09:32"Реал" Винисиусга нарх қўйди  1 09:07Лионель Месси: "Умид қиламанки, қачондир қайтаман"  1 08:41Италия МТЖ собиқ мураббийи "Ал Садд" бош мураббийи бўлади (Фабрицио Романо)  1 08:16Футзал. Бугун бронза учун майдонга тушамиз  0 07:50U-17 Жаҳон чемпионати. Осиёнинг иккита жамоаси плей-оффда. Кечаги кун натижалари билан танишинг  1 07:18U-17 Жаҳон чемпионати. Бугун бизни гуруҳдаги ҳал қилувчи учрашув кутиб турибди  12 01:19МЛС клублари лигага Неймар келишини хоҳлашмаяпти, улар бразилияликни "бош оғриғи" сифатида кўришмоқда  3 00:46Родриго “Реал”даги ролидан тобора норози бўлмоқда ва январда клубни тарк этиши мумкин  0 00:15Туркияда 1000 дан ортиқ футболчи қимор можароси сабабли четлатилди. Рўйхатда "Галатасарой" ва "Бешиктош" ўйинчилари ҳам бор  5 23:35Суперлига. "Сурхон" – "Шўртан" 1:0  0 23:24Ўзбекистон терма жамоасининг Дубайдаги машғулоти  2 22:57 8 та ўйиндан бери ғалаба қозона олмаётган "Аталанта" Юрични ишдан бўшатди  3 22:04Ўзбекистон U-17 терма жамоасининг расмий машғулоти  5 21:15Февзи Давлетов: "Рустам Турдимуродов жамоада қоладими? Тўғриси, бу саволга жавоб бериш мен учун қийин"  11

Alisher Nikimbaev: "Endi rivojlangan mamlakatlardagi JCHga boraman" Yangiliklar

Alisher Nikimbaev: "Endi rivojlangan mamlakatlardagi JCHga boraman"

Bir necha xalqaro musobaqalarda ishtirok etib tajribasini oshirgan Alisher Nikimbaevning JCH oldidan fikrlari bilan qiziqdik.
- Yoshlikda Siz ilk bor tomosha qilgan jahon chempionati qaysi?
- Birinchi bor televizor orqali 1982 yil Ispaniyada bo'lib o'tgan jahon birinchiligini ko'rganman. O'shanda sobiq ittifoq televideniesi o'z ko'rsatuvlarini kechqurun soat 23:00gacha namoyish etar, oxirgi ko'rsatuv tugaganidan so'ng ekranda “Televizorni o'chirish esdan chiqmasin” degan yozuv paydo bo'lardi. Jahon chempionati bahslari soat 2:00dan boshlangani uchun ozgina mizg'ib olib kechasi soat ikkida turar va TVda futbol ko'rardim. Aniq esimda, o'sha mundial finalini uch marta tomosha qilgandim. Dastlab to'g'ridan-to'g'ri, keyin ertalab takroran va o'sha kuni kechqurun yana takror efirga uzatilganida ko'rgandim.




MDH mamlakatlari va Xitoydan kelgan OAV xodimlari bilan

- Birinchi bor qaysi jahon chempionatiga borgansiz va qanday xotiralar qolgan?
- 2006 yil Germaniyada o'tkazilgan jahon chempionatiga borganimdan behad xursandman. Bu men ilk bor o'z ko'zim bilan ko'rgan jahon birinchiligi bo'lgandi. 2008 yil esa Evropa chempionatida ishtirok etganman. Mundialdan ajoyib xotiralar qolgan. Qiziq voqealar biz aeroportdaligimizdayoq boshlangan. Frankfurt aeroportida chegara nazoratida turganimda yosh kelin-kuyovga ko'zim tushgan, keyin bilsam ular asal oyini jahon chempionatini ko'rishdan boshlashni maqsad qilgan ekanlar. Germaniyadagi mundial har tomonlama yaxshi bo'lgan. Tashkiliy qo'mitaga alohida rahmat aytsak arziydi, chunki ular jurnalistlarga shaharlararo qatnash uchun bepul poezd tashkil qilib berishgandi. O'shanda futbol tufayli Germaniyaning 12ta shahrida bo'lib, 19ta o'yinni bevosita stadionda kuzatgandim.




JAR. Ravshan Ermatov boshchiligidagi hakamlar brigadasi bilan



- Taassurortlar qanday bo'lgan?

- Yo'q, chorak finaldan keyin ortga qaytishga to'g'ri kelgandi. O'shanda O'FFda faoliyat yuritardim, menga tatil berilganidan foydalanib jahon chempionatiga borgandim. Germaniyaga borganimda futboldan tashqari shaharlarni kezib, turli tarixiy joylarga borganman. Berlindagi reyxstag, Brandenburg darvozasi, Unter-den-Linden ko'chasi shular jumlasidan. Qolaversa, “SHtutgart” stadionida joylashgan “Mersedes” muzeyiga ham borganman. Bir so'z bilan aytganda, Germaniyadagi mundial katta bayram bo'lgandi. Boshqa davlatlardan qariyb bir million turist kelgandi. 2010 yil JARjda o'tkazilgan jahon chempionatiga esa ko'pi bilan 250 ming turist borgan ekan.




Nelson Mandela maydonida

- SHu o'rinda bir savol tug'iladi: 2011 yilgi Osiyo chempionatiga borganimizda ko'pchilik tashkiliy tomondan Qatar Germaniyadan o'zib ketdi degan gapni aytgandi. Bu borada nima deya olasiz?
- Men Qatardagi qita birinchiligiga bormaganman. SHu bois bu borada aniq bir gapni aytishim qiyin. Faqat shuni qo'shimcha qilishim mumkin, Qatarda ham jahon chempionati paytida jurnalistlar uchun barcha tashkiliy masalalar hal qilib beriladi. Osiyo chempionatida Qatarda OAV va texnik xodimlarga bepul taomlar berilar edi. Bu kungacha bironta musobaqada bunaqasi bo'lmagan.

- Malumki, Siz anchadan beri Angliya terma jamoasiga muxlislik qilasiz. Bu jahon chempionatida inglizlardan qanday natija kutyapsiz?
- Angliya “o'lim guruhi”ga tushganidan keyin nima ham deya olardim. Angliya o'z guruhida Italiya va Urugvayga qarshi bahs olib boradi. Hozir vaziyat shundayki, Angliya guruhda qolib ketishi ham, guruhdan chiqadigan bo'lsa finalgacha borishiyam mumkin.

- Osiyo jamoalaridan qanday natija kutyapsiz?

- Menimcha, Avstraliya juda qiyin guruhga tushdi. Ularda imkoniyat yo'q hisobi. Yaponiya esa nisbatan engil guruhdan joy olgan va bu jamoadan keyingi bosqichga chiqishni kutsa bo'ladi. Eron va Janubiy Koreyada ham imkoniyat bor, faqat bu ikki jamoa mundialga kuchli tayyorgarlik ko'ra olmadi. SHu bois bir narsa deyish qiyin.

- Bu safar Braziliyaga borishni maqsad qilmadingizmi?

- Yo'q. Germaniyadagi mundialdan keyin JARdagi musobaqada ko'p muammolarga duch kelgandik. Eshitishimcha, Braziliyada ham sharoitlar yaxshi emas ekan. SHuning uchun bundan keyin faqat rivojlangan davlatlarga bormoqchiman.

Nodirxo'ja Yuldashev suhbatlashdi
Foto A.Nikimbaev arxividan.
Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика