Alisher Latipov: "Maqsadimiz - Pro ligaga yo'llanma olish"
25 avg 2022 14:52
Yangiliklar


Alisher Latipov: "Maqsadimiz - Pro ligaga yo'llanma olish"
Asosan yoshlardan tashkil topgan jamoa ancha-muncha jamoalarga boshog'riq bo'lyapti. Xo'sh, jamoaning asosiy maqsadi qanday? Buni bilish istagida jamoa bosh murabbiyi Alisher Latipov fikrlariga quloq tutdik.
- Alisher aka, jamoa asosan qanday maqsadni qo'ygan?
- Maqsadimiz bitta. Yani, Pro ligaga yo'llanma olish hisoblanadi.
- Moliyaviy holat qanday?
- Jamoani moliyashtirish slovakiyalik klub prezidenti SHchipova Lyuciya xonim, hamda mahalliy homiylar tomonidan amalga oshirilmoqda. Bugungi kunda jamoamizda hech qanday qarzdorlik mavjud emas. Barchasi vaqtida berilib kelinmoqda.
- Joriy yilgi birinchi liga bahslari sizda qanday taassurot qoldirmoqda?
- Birinchi liga bahslari juda shiddatli o'tmoqda. Hamma jamoalar maydonda jangovor o'yin ko'rsatmoqda.
- Jamoada iqtidorli yoshlar bormi?
- Ha, albatta. Iqtidorli yoshlarimiz bor, o'z ustida ishlashda davom etsa, kelajakda Pro liga yoki Superliga darajasida to'p tepa oladi. Ular ishlashda davom etishi shart.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar