Alisher Latipov: "Bugungi ko'rsatgan o'yinimiz muxlislarga ham yoqdi"
01 iyu 2023 23:39
Yangiliklar
Alisher Latipov: "Bugungi ko'rsatgan o'yinimiz muxlislarga ham yoqdi"
O'zbekiston Kubogi 3-turi doirasida "Bunyodkor" bilan durangdan keyin "Yunired" bosh murabbiyi Alisher Latipov o'z fikrlarini bildirib o'tdi.
- Qiziqarli, jangovar o'yin bo'ldi. "Bunyodkor" jamoasi doimo yuqorida, peshqadamlar safida yuradi. Yigitlarga, muxlislarga katta rahmat aytmoqchiman. Muxlislar bugun yaxshi qo'llab-quvvatlashdi. Futbolchilarim esa yaxshi o'yin ko'rsatishdi. Ularga ham rahmat aytaman.
- Birinchi bo'limning dastlabki 10 daqiqasida "Yunired" himoyada o'ynadi va biroz qo'rqqandek ko'rindi. Keyin esa ochiq futbol namoyish qildi.
- Hozir aytganimdek, bunday yuqori saviyali jamoalar bilan biz ochiq futbol o'ynashimiz juda qiyin. "Bunyodkor"ning tarkibi juda yaxshi. O'yindan keyin yigitlar bilan gaplashdim. Ular bugungi ko'rsatilgan o'yindan xursand bo'lishdi. O'z navbatida muxlislarga ham bu yoqdi.
Fikrlar