So’nggi yangiliklar

00:30Левандовски: "Мбаппе - "Барселона" учун қўшимча мотивация"  2 00:00Назорат учрашувида "Пахтакор" "Машъал"га мағлуб бўлди  1 23:45"Челси" билан музокара ўтказган Кьеза "Тоттенхэм"га ўтиши мумкин  0 23:11"Арсенал" ҳужумчи борасида яна Италия клубига мурожаат қилди  1 22:44Мбаппе Франция клубининг бошқарув акциялари пакетини сотиб олади  0 21:55"Насаф" яна бир трансфер ҳақида эълон қилди  4 21:35"Арсенал" 45 млн. еврога ҳимоячи сотиб олди  2 21:23Клейди Даци - ОКМК футболчиси  5 21:14"Фулхэм" 34 млн. фунт эвазига "Арсенал" футболчисини сотиб олади  1 20:45"Барселона" футболчиси "Ал Ҳилол" таклифини рад этди  1 20:14Абдураимов "Нефтчи"га ўтди  2 20:00"BMW" Мбаппега машина совға қилди, лекин...  4 19:39ЎФА Остон Ўрунов ўрнига бошқа футболчини жалб этиш бўйича сўров юборди  39 19:36"Кейлор Навас — "Монца" футболчиси!"  4 19:16"Комо" "Бавария"нинг ёш иқтидори билан шартнома имзолади  1

Alisher Botirov: “Buffon kuchli bo'lishi mumkin, lekin Ronaldu mana shu darvozabonga 5ta gol urgan” Yangiliklar

Alisher Botirov: “Buffon kuchli bo'lishi mumkin, lekin Ronaldu mana shu darvozabonga 5ta gol urgan”

Bugun ECHL final bosqichida Turinning “Yuventus” klubi Madridning “Real” jamoasiga qarshi bahs olib boradi. Ushbu uchrashuv oldidan “Million” jamoasi azosi so'z ustasi Alisher Botirov o'z fikrlarini bildirdi.

“Bugun yarim final bahsidan ko'ra kuchliroq o'yin bo'ladi nazarimda. CHunki, dunyoning eng kuchli himoyasi dunyoning eng kuchli hujumiga qarshi bahs olib boradi. Meni fikrimcha bugungi o'yinda “Real Madrid” g'alaba qozonadi. Sababi buni futbolchilardan ko'ra ko'proq Zinedin Zidan istamoqda. Buffon kuchli bo'lishi mumkin, lekin Ronaldu mana shu darvozabonga 5ta gol urgan. Agarda “Real” birinchi bo'lim boshlarida gol urib olsa “Yuventus” oldinga o'tishga majbur bo'ladi va qarshi hujumda “qirollik” klubi raqiblarini jazolashlari mumkin. “Yuventus” birinchi bo'lib uchrashuvda hisobni ochsa bor etiborlarini himoyaga qaratadi. Bunda “Real”ga biroz qiyin bo'lishi mumkin. 

Bugun jamoalar penaltilar seriyasiga qadar etib bormasa kerak. “Yuventus”ga qarshi Zidan Isko va Garet Beylni asosiy tarkibda maydonga tushirishi mumkin. Men bu gapni “Real” muxlisi sifatida aytmayapman. Hozir ijtimoiy tarmoqlarda mana shu ikki futbolchining qaysi biri maydonga tushirilishi haqida bahs-munozaralar bo'lmoqda. “Real” g'alaba qozonsa tarixda ketma-ket ikki marotaba ECHL musobaqasida g'olib bo'lgan jamoa bo'ladi”, - deydi Alisher Botirov


Jahongir Sotvoldiev suhbatlashdi

Reyting: +8   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика