Alisher Azizov va "Dordoy" OFK kubogi guruh bosqichiga chiqdi
01 mar 2017 09:55
Yangiliklar


Alisher Azizov va "Dordoy" OFK kubogi guruh bosqichiga chiqdi
Kecha OFK kubogi pley-off bahslari yakuniga etdi.
O'zbekistonlik hujumchi Alisher Azizov o'ynayotgan Qirg'izistonning "Dordoy" klubi "Hosilot" bilan javob bahsini o'tkazdi. Dastlabki o'yinda Azizovning urgan goli evaziga g'olib bo'lgandi.
Kechagi bahsda esa 1:1 hisobi qayd etildi va "Dordoy" OFK kubogi guruh bosqichiga yo'l oldi. Alisher Azizov o'yinda to'liq harakat qildi.
Qirg'iziston klubi "D" guruhida "Istiqlol" (Tojikiston), "Oltin Asr" (Turkmaniston) va "Oloy" (Qirg'iziston) jamoalari bilan kuch sinashadigan bo'ldi.
OFK kubogi. Pley-off. Javob bahsi
"Hosilot" (Tojikiston) - "Dordoy" (Qirg'iziston) 1:1
Gollar: Muhammadjoni Hasan 90+1 - Islam SHamshiev 6
Birinchi o'yin: 0:1
O’xshash yangiliklar
14:00
Klublar o'rtasidagi jahon chempionatida qaysi jamoa g'olib bo'ladi? Superliga futbolchilari taxmini 14

Fikrlar