So’nggi yangiliklar

16:07Расман: Шоҳруз Норхонов — "Қизилқум" футболчиси  1 15:25Расман: "Олимпик" собиқ футболчиси "Сурхон"га ўтди  0 15:10Суперлига. Ёзги трансферлар барчаси битта саҳифада. Кимда қандай ўзгариш?  19 15:04Расман: "Арсенал" собиқ ярим ҳимоячиси АПЛга қайтди  0 14:38"Рома" ҳужумчиси фаолиятини АПЛда давом эттириши мумкин  0 14:10Расман: Луис Диас – "Бавария" футболчиси  6 13:54"Насаф"га ганалик хавбек келмоқда  16 12:39"Футболчи учун жароҳатдан-да хавфли муаммо бор"  1 12:35"Камп Ноу"да чим ётқизиш ишлари бошланди  1 12:15Эрон матбуоти: Машарипов жароҳат олди  6 12:04"Нефтчи" U-20 Жаҳон чемпионатида иккита гол урган футболчи билан шартнома тузди  3 11:42Отабек Нарзуллаев — "Машъал" янги бош мураббийи  1 11:36Ўзбекистон U-21 октябрь ойида Қозоғистон U-21 билан ўйнайди  2 11:12Расман: Шаҳзод Азмиддинов - “Андижон” футболчиси  5 11:02Расман: ️Ҳамидулло Абдунабиев — ️ОКМК футболчиси  1

Alisher Abduvohidov: “Neftchi”ni Superligaga qaytarish uchun astoydil harakat qilamiz” Yangiliklar

Alisher Abduvohidov: “Neftchi”ni Superligaga qaytarish uchun astoydil harakat qilamiz”

O'zbekiston kubogi 3-bosqichidan o'rin olgan “Neftchi” - “Zirabuloq” (8:0) uchrashuvidan so'ng mezbonlar futbolchisi Alisher Abduvohidov saytimizga intervyu berdi.

Bugugi uchrashuvda birinchi navbatda bizni qo'llab-quvvatlab turganliklari uchun jamoamiz muxlislariga minnatdorchilik bildiraman. O'zbekiston kubogi uchrashuvlari har doim qiziqarli tarzda kechadi. Bugungi o'yinga jiddiy tayyorgarlik ko'rgan edik, muxlislarimiz qarshisida yirik hisobda g'alaba qozonganimizdan xursandmiz. Keyingi bosqichda qaysi jamoa bilan tushimizdan qatiy nazar, g'alaba qozonish uchun harakat qilamiz.

“Neftchi”ga Farg'ona viloyati “Hokim kubogi” musobaqasidan oldin Bahrom Haydarov taklifiga ko'ra kelgandim. Jamoa tarkibida ko'rikdan o'tib, shartnoma tuzishga muvaffaq bo'ldim.

Farg'onalik muxlislarni bilamiz, ularni sevimli jamoalarni qo'llab-quvvatlash bo'yicha yurtimizda etakchi o'rinlarda turishadi. Barcha “Neftchi”muxlislarini uchrashuvlarga tashrif buyurib, qo'llab-quvvatlab turishlarini so'rayman. Nasib qilsa astoydil harakat qilib “Neftchi”ni Superligaga qaytarishga harakat qilamiz.


Bekzod Tolibov yozib oldi.


Reyting: +4   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика