Aliscon: “Napoli“ meni sotib olmoqchi edi, ammo men “Liverpul“ga o'tishni xohladim"
27 noy 2019 20:10
Yangiliklar


Aliscon: “Napoli“ meni sotib olmoqchi edi, ammo men “Liverpul“ga o'tishni xohladim"
“Liverpul“ darvozaboni Aliscon Beker ingliz klubiga o'tishdan oldin unga “Napoli“ qiziqish bildirganini tan oldi.
“Napoli“ meni sotib olmoqchi edi. Neapolitan klubining prezidenti menga murojaat qildi, ammo agar “Roma“dan “Napoli“ga o'tganimda Italiya chempionatida qiyin vaziyatga tushib qolardim. Rasmiy ravishda buni derbi deb atab bo'lmaydi, lekin jamoalar o'rtasida haqiqatan ham katta qarama-qarshilik mavjud. Albatta, men “Napoli“ni hurmat qilaman va ularning kuchli tarkibi bor. Neapolliklarga qarshi o'ynash har doim qiyin bo'lgan, ayniqsa, ularning uyida. Men “Liverpul“ga o'tishga qaror qildim. Va bu sodir bo'ldi“, — deydi posbon.
Ushbu mavsumda braziliyalik darvozabon Angliya Premer-ligasida “Liverpul“ tarkibida oltita o'yinda qatnashdi va o'z darvozasidan atigi bir marta to'p olib chiqdi.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar