Aliqulov terma jamoa mashg'ulotlarida ishtirok etmayapti, Alijonov esa...

Khoja
11 yanv 2024, 08:35
Kecha Championat.asia vakillari Dohaga yetib bordi va endi Osiyo kubogini bevosita turnir bo'lib o'tadigan mamlakatdan yoritib borishadi.

 Kecha mashg'ulotlariga borgan hamkasblarimiz terma jamoamiz safida jarohat olgan Husniddin Aliqulov va Hojiakbar Alijonovning ahvoli bo'yicha ma'lumot berib o'tdilar.

Ma'lumotlarga qaraganda, Aliqulov terma jamoaning mashg'ulotlarida ishtirok etmayapti. Alijonov esa to'liq kuch bilan asosiy tarkib futbolchilari bilan mashg'ulot olib bormoqda va katta ehtimol bilan birinchi turni asosiy tarkibda boshlaydi.

O'xshash yangiliklar


KhojaMuallif
Manba: championat.asia