So’nggi yangiliklar

02:40А Серия. "Милан" Сардинияда ғалабага эришди  0 01:23Роналду 5 ой деганда чемпионатда гол ура олмади  6 00:55"Интер" футболчиси "Ювентус"га ўтишни истамоқда  0 00:40Саудия Арабистони. Иккита қизил, 5та гол - "Ал Насср" мавсумда илк марта мағлуб бўлди  10 00:13"Ливерпуль" футболчисига шартнома таклиф қилади  0 23:47"Борнмут" 37 ёшли дарвозабон билан шартнома имзолади  0 23:24"Бавария" Гвардиоланинг собиқ ёрдамчисини ишга олди  1 22:50БАА. "Бани Яс" ўз майдонида ютқазди, Шукуров пенальтидан гол ура олмади  6 22:37Мбаппе Саудия Арабистонига боради, лекин...  1 22:16"Кристал Пэлас" ўз тарихидаги энг қиммат трансферни амалга оширди  0 21:32"Интер" ва "Ал Ҳилол" музокараларга киришди  0 21:16Рубен Аморим "МЮ" - "Лидс" ўйини ҳақида: "Бу дерби эканлигини эшитдим, бироқ АПЛда барча ўйинлар жуда қийин ўтади"  3 20:55Ханси Флик: "У жамоа учун жуда муҳим футболчи"  1 20:33Пеп Гвардиола Энцо Маресканинг истеъфоси ҳақида: "Менинг омадим келган"  5 19:59"Манчестер Юнайтед" Бундеслигадаги вингерга кўз тикди  0

Alibobo Rahmatullaev Ozarboyjon klubiga o'tdi Yangiliklar

Alibobo Rahmatullaev Ozarboyjon klubiga o'tdi

Davralar oralig'ida "Navbahor" tarkibiga qo'shilgan mahoratli yarim himoyachi Alibobo Rahmatullaev mavsumni jamoamiz safida yakunlashi kutilgandi.

Ammo, futbolchi faoliyatini Ozarbayjonning "Ravan" klubida davom ettiradigan bo'ldi. Rahmatullaev bilan shartnoma imzolanayotganida futbolchiga xorijdan yaxshiroq taklif tushsa uni hech bir muammosiz qo'yib yuborish borasida kelishib olingandi. Oradan malum vaqt o'tgach, Aliboboga Ozarbayjonning “Ravan” klubidan taklif tushdi. SHu sababli, yarim himoyachi bir necha kun oldin Ozarbayjonga yo'l olgandi. Bir necha kun davomida “Ravan” mashg'ulotlarida qatnashgan hamyurtimizning harakatlari murabbiylarga va klub rahbaritiga manzur bo'lgach, Rahmatullaevga shartnoma taklif qilishdi. SHundan so'ng Alibobo klubimizga bu borada murojaat qildi. O'zaro kelishgan holda shartnoma bekor qilindi. 

Ikkinchi davra arafasida jamoamiz azosiga aylangan Alibobo Rahmatullaev qisqa vaqt oralig'ida "Navbahor" tarkibida uchta o'yinda maydonga tushgandi. "Neftchi"ga qarshi o'tgan “derbi” uchrashuvida esa Ulug'bek Baqoev urgan golga assistentlik qilgandi. Birinchi davrani "Buxoro" tarkibida o'tkazgan futbolchi ushbu mavsumida umumiy hisobda oliy ligada sakkizta o'yinda ishtirok etgan. Aliboboga yangi klubi safida omad yor bo'lishini tilagan holda uning faoliyatiga ulkan zafarlar tilab qolamiz!

Bokuning "Ravan" klubi haqida qisqacha malumot. Jamoa o'tgan mavsum yakuniga ko'ra mamlakat premer-ligasiga beriladigan yo'llanmaga ega bo'lgandi. Ayni paytda mazkur klub Ozarbayjon chempionatining uch turidan so'ng ikki ochko jamg'arib, o'n jamoa orasida sakkizinchi pog'onani egallab turibdi. Alibobo yangi jamoasidagi debyutini 13 sentyabr kuni "Neftchi"ga qarshi uchrashuvda nishonlashi mumkin. 2007 yilda tashkil topgan ushbu jamoa 2011 yilga kelib Ozarbayjon premer-ligasida qatnashish huquqini qo'lga kiritgandi. "Arslonlar" 2013-2014 mavsumda Ozarbayjon kubogi yarim finaliga qadar etib borishgandi. Bu klub tarixidagi eng katta yutug'i hisoblanadi. Ammo, shu mavsumning o'zida quyi divizonga tushib ketgandi.


Reyting: +7   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика