So’nggi yangiliklar

01:35Туркия Суперлигаси. "Ризеспор" меҳмонда "Аланяспор" билан дуранг ўйнади, Алиқулов тўлиқ ўйнади  0 01:31"Бавария" — Германия Суперкубоги соҳиби  0 01:07U-21 биринчилиги. Йовович ва Марушич "Насаф"га гол урди, "Сўғдиёна"дан суперкамбэк, пешқадамдан мағлубият  0 00:39Рўзиқул Бердиев: "Мақсадимиз чемпионликни ўзимизда сақлаб қолиш"  1 00:37Ла Лига. "Барселона" йирик ғалаба билан бошлади, "Мальорка" биринчи бўлимдаёқ тўққиз киши бўлиб қолганди   47 00:11"Челси" "Милан" ярим ҳимоячисини қўлга киритмоқчи  0 23:57Элдор Мойлиев: "Насаф" ҳимоясини ёриб ўтиш бизга қийин бўлди"  0 23:39БАА Про лигаси. "Ал Батаэҳ" меҳмонда "Ал Айн"га мағлуб бўлди, Ғаниев жамоасининг ягона голига муаллифлик қилди  0 23:31АПЛ. "Манчестер Сити" меҳмонда "Вулверхэмптон"ни тор-мор этди, Ҳусанов захирадан ўйинга қўшилди  26 23:30Суперлига. “Навбаҳор” — “Нефтчи” 0:1   1 23:28Вадим Абрамов: "Мухлисларимиз уйдаги ғалабани соғиниб қолишганди"  3 23:14"Навбаҳор"нинг Намангандаги мағлубиятсиз серияси тугади  2 22:51Миржалол Қосимов: "Юриб футбол ўйнайдиган пайтлар ўтиб кетди"  6 22:03"Манчестер Юнайтед" Дания терма жамоаси хавбекини сотиб олмоқчи  2 21:30"Насаф" Қашқадарё дербисида "Шўртан"ни мағлуб этди  23

Alfraganus University: Niderlandiya qabristonida yotgan 101 o'zbek Yangiliklar

Alfraganus University: Niderlandiya qabristonida yotgan 101 o'zbek

Evropa bo'ylab sayohatga yo'l olganimga bugun 15 kun bo'ldi.

2 hafta davomida biz Qozog'istondan o'tib Rossiyaga, u erdan Latviya va Litva orqali Polshaga keldik. Levandovskiyning yurtidan chiqib bir hafta Germaniyada Evro-2024 shamolidan nafas olib 2 kun avval Niderlandiya poytaxti Amsterdamga keldik.

Germaniyadan "lolalar yurti"ga yo'l olar ekanman, Amersfort voqeasi ko'z oldimga keldi. 1942 yilning 9 aprel kuni nacistlar tomonidan asir olingan ko'plab Sovet askarlari ichidan ajratib olingan 101 o'zbekning 77 nafari ommaviy otib tashlanadi. Yarim yil avval Moskva va Minsk o'rtasidagi Smolensk shahri yaqinda qo'lga olinganlardan 24 nafari qishning azobli sovug'i va nacistlarning qiynoviga dosh bera olmay ommaviy qatlga qadar vafot etadilar. Ular orasida endi harbiy xizmat yoshiga etgan askardan tortib, yoshi 40-50 ga etgani ham bo'lgan. Axborotlarga tayanadigan bo'lsak ularning aksariyati Samarqanddan edilar.




Bu haqda YouTube kanalimda O'zbekistonga qaytganimdan keyin katta material elon qilish uchun video tasvirlarni ko'paytirdim.

Endi safarimga qaytsam. Dyusseldorfda Ispaniya va Albaniya terma jamoalari o'rtasidagi uchrashuvni muxlislar bilan tomosha qildik. SHahar to'liq qizilga aylandi. Ikki terma jamoaning uy formasi shu rangdaligini bilasiz. Germaniyada shunchalik albanlar ko'p ediki, bor yo'g'i 3 mln aholisi bor mamlakat ichida odam qolganmikin deysiz. Evropa chempionatida ham raqiblarning kuchi tenglashib qolibdi. Xorvatiya va Polsha keyingi bosqichga o'ta olmadi. Aksincha, Sloveniya, Slovakiya va Gruziya 1/8 finalda o'ynaydigan bo'ldilar.





Eng qizig'i Niderlandiyaga kirib kelganimizda, "uchar gollandlar" mag'lubiyatga uchrab, guruhdan qolib ketay dedilar. Eng yaxshi uchinchi o'rin bilan kelasi bosqichga yo'l oldilar. Amstel ko'li va Dam qirg'og'i birlashmasidan yaralgan Amsterdam shahri XV Asrga kelib rivojlanib ketadi. Bu er Evropaning Markaziy qo'nalg'alaridan biriga aylantirilib, iqtisodiyot keskin o'sadi. "Qaroqchi chollar" filmida Rembrand asarini o'g'irlashadi-ku, aynan shu ijodkor Amsterdamda tavallud topgan.

Yoxan Kroyf stadionining arxitekturasi meni ajablantirdi. 1996 yil qurilgan stadion yo'l ustiga tushishi kerak bo'lgan. Ammo six ham, kabob ham kuymagan. Stadion tagida huddi Toshkentning cirki tagidagi "tunel"ga o'xshagan yo'l qoldirilgan ekan. "Ayaks" uy o'yinlarini o'tkazadigan mazkur arena afsonaviy Kroyf nomiga qo'yilgan va uning uchun kichik monument ham o'rnatilgan. Klyuvert, Davids, Zeedorf va Van Deyk... Bularning barchasi surinamlik migrantlar oilasida tavallud topishgan. Surinam o'z paytida Niderlandiya koloniyasi bo'lganligi uchun bu davlatda ular juda ko'p. Amsterdamni o'zida 50% ga yaqin niderland yashasak, qolgani qachonlardir kelib qolgan migrantlar, shulardan 10% ga yaqini surinamliklar. Ularning aksariyati yaxshi hayot ilinjida farzandini "Akyas" akademiyasiga berishga harakat qiladilar. Boshqa mamlakatdagi migrantlardan farqli, balki menga shunday ko'rindi, bu erda tartib bor ekan.


Safar bosh homiysi: Alfraganus University
Homiylar: Coca Cola, Trastbank, AKFA, Ucell



Lekin Amsterdam ko'p jihatdan bizning mintalitetimizga zid shahar, agar siz sho'x bo'lsangiz! Poytaxtda istagan narsangizni topasiz, haligi barglar ham hamin qadar VIP. Lekin magazinlarda ochiqchasiga sotiladiganlari turistlar uchun PR xolos.

Ayni paytda Belgiya tomon yo'lga chiqdik. U erda bizini "Spa24h" poygasining 100 yillik tadbiriga ketyapmiz. Mazkur poyganing amaldagi g'olibi ROWE moylari bilan to'yingan BMW mashinasi bo'ladi. BMW poygada 75 marotaba qatnashib 25 tasida g'alaba qozongan.



Reyting: +5   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика