So’nggi yangiliklar

01:35Туркия Суперлигаси. "Ризеспор" меҳмонда "Аланяспор" билан дуранг ўйнади, Алиқулов тўлиқ ўйнади  1 01:31"Бавария" — Германия Суперкубоги соҳиби  0 01:07U-21 биринчилиги. Йовович ва Марушич "Насаф"га гол урди, "Сўғдиёна"дан суперкамбэк, пешқадамдан мағлубият  2 00:39Рўзиқул Бердиев: "Мақсадимиз чемпионликни ўзимизда сақлаб қолиш"  4 00:37Ла Лига. "Барселона" йирик ғалаба билан бошлади, "Мальорка" биринчи бўлимдаёқ тўққиз киши бўлиб қолганди   50 00:11"Челси" "Милан" ярим ҳимоячисини қўлга киритмоқчи  0 23:57Элдор Мойлиев: "Насаф" ҳимоясини ёриб ўтиш бизга қийин бўлди"  0 23:39БАА Про лигаси. "Ал Батаэҳ" меҳмонда "Ал Айн"га мағлуб бўлди, Ғаниев жамоасининг ягона голига муаллифлик қилди  0 23:31АПЛ. "Манчестер Сити" меҳмонда "Вулверхэмптон"ни тор-мор этди, Ҳусанов захирадан ўйинга қўшилди  26 23:30Суперлига. “Навбаҳор” — “Нефтчи” 0:1   2 23:28Вадим Абрамов: "Мухлисларимиз уйдаги ғалабани соғиниб қолишганди"  4 23:14"Навбаҳор"нинг Намангандаги мағлубиятсиз серияси тугади  2 22:51Миржалол Қосимов: "Юриб футбол ўйнайдиган пайтлар ўтиб кетди"  6 22:03"Манчестер Юнайтед" Дания терма жамоаси хавбекини сотиб олмоқчи  2 21:30"Насаф" Қашқадарё дербисида "Шўртан"ни мағлуб этди  23

Alfraganus University: 1070 kmni 12 soatga qolmay bosib o'tdik, Moskvadamiz! Yangiliklar

Alfraganus University: 1070 kmni 12 soatga qolmay bosib o'tdik, Moskvadamiz!

Youtbube sahifamga qo'ygan videolarimda, nima qilibdi, biz oyda ikki uch marotaba borib kelamiz degan postlarni ko'ryapman.

To'g'ri, Siz bunga o'rganib ketgansiz, ammo faqat O'zbekiston ichida, u ham bo'lsa 60 tezlikda mashina haydab yurgan haydovchilar uchun birdaniga bunday katta masofalarni bosish qiyinda. Hamma ham Sizlar kabi professional emas. Yaqinda vodiyga borganimda "shopir aka", sutkasiga 2 soat uxlasam etadi, mavsumda Rossiyaga taksi qilaman deb qoldilar. Ammo bunday haydovchilar bo'lsa O'zbekistonda 10 000 chiqar, undan ko'p bo'lmasa kerak. Biz kabi oddiy odamlar uchun bu juda katta masofa hisoblanadi.



Qiyinchilik bilan Samaradan mehmonxona topganimiz haqida ijtimoiy tarmoqlarimda aytib o'tdim. Buning sababini aytishdi, rossiyaliklar ko'p ham chetga chiqa olmayotgani sabab ichki turizm rivojlanib ketibdi. Ularning aksari ichki hududlarda dam olishni maqsad qilishyapti. Bizning Volga daryosi bo'yidagi safarimiz shanba kuniga to'g'ri kelgani uchun ham joy topishda muammo bo'lgan ekan.




Samarada bir kechani o'tkazdik. Samara tarixda ikki marotaba vaqtinchalik poytaxt sifatida qayd qilingan. SHulardan biri ikkinchi jahon urishida. Har ehtimolga qarshi Moskva barcha elchixona va muhim hujjatlarni urush payti o'zida 1000 kmdan olisda bo'lgan shaharga ko'chirgan. Volga daryosi bo'yidagi shahar dunyo aviaciyasida o'z o'rniga ega. Biz bilgan mashhur Yuriy Gagarin uchgan "Vostok-1" uchar kemasi ham aynan shu erda ishlab chiqarilgan. Urish davomida Sobiq Ittifoq armiyasining asosiy quroli bo'lgan Il-2 qiruvchi samoletlari ham aynan shu shaharda ishlab chiqarilgan. Undan tashqari bolaligimizning ermagi bo'lgan Buratino asosiy qahramoni bo'lgan "Oltin Kalit" asari ham Aleksey Tolstoy tomonidan shu erda yozilgan. Aslida Tolstoy Karlo otaning "Pinokkio"sini tarjima qilayotganida ilhomlanib o'z Pinokkiosini ijod qiladi. 






Kechasi dam olib, tongda Siz kabi Qurbon hayiti namozini ado etdik. 1891 yil Timerbulat Akchurin tomonidan qurilgan masjid Samaraning tarixiy yodgorliklar qatoriga kirgan. Sovet paytida esa bu joy bolalar bog'chasiga aylantirilib, keyinchalik yana musulmon olamiga qaytarilgan.





7:00da choy ichgan holda, yo'lga chiqdik. 12 soat yo'l yurib Rossiya poytaxtiga kirib keldik. Yo'ldagi tabiatni bir so'z bilan tariflash qiyin, hamma erda "Windows"ni ko'rasiz. Yo'lda aytarli voqealar bo'lmadi, pullik yo'lda 150 tezlikda tezgina etib keldik, yaxshlab dam olib yozayotgan maqolam ketish oldidan Rossiyadagi so'nggisi. Endi bizni "Burachki" postidagi voqealar kutadi. 


Safar bosh homiysi: Alfraganus University
Homiylar: Coca Cola, Trastbank, AKFA, Ucell



Reyting: +2   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика