Aleysh Vidal faoliyatini "Benfika"da davom ettirishi mumkin
13 iyu 2021 09:44
Yangiliklar
Aleysh Vidal faoliyatini "Benfika"da davom ettirishi mumkin
"Benfika" erkin agent maqomida bo'lgan "Barselona" va "Sevilya" sobiq himoyachisi Aleysh Vidal bilan shartnoma imzolashi mumkin.
Transferga shaxsan lissabonliklar bosh murabbiyi Jorje Jezush qiziqish bildirmoqda.
Portugaliyalik murabbiy kelasi mavsumda uch himoyachi bilan o'ynamoqchi va o'ng qanotda ispaniyalik futbolchini ko'rishni xohlamoqda. SHu bilan birga Vidal portugallar uchun tekinga tushadi.
Eslatib o'tamiz, himoyachining so'nggi klubi "Sevilya" bo'lgandi. U shuningdek "Barselona" tarkibida 2015-2018 yillarda harakat qilgan, ammo asosiy tarkib o'yinchisiga aylana olmagandi.
Vidal o'tgan mavsum barcha musobaqalarda 19ta o'yinda maydonga tushib, 1ta assist qayd etdi.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Ла Лига. "Барселона" меҳмонда "Вильярреал" устидан ишончли ғалабага эришди, мезбонлар ўйинчиси 39-дақиқада майдондан четлатилди
"Реал" Абдуқодир Ҳусановни ўз сафига қўшиб олмоқчи
Breaking! Ўзбекистоннинг ЖЧдаги рақиби Португалия Эрон билан ўйнайди
Элит ОЧЛ. "Насаф" "Ал Иттиҳод"га кичик ҳисобда ютқазиб, плей-оффга чиқиш имкониятини йўқотди
Fikrlar