Alessandro Matri: “Fiorentina” menga ishonch bildirayotganidan mamnunman”
20 jan 2014 12:51
Yangiliklar


Alessandro Matri: “Fiorentina” menga ishonch bildirayotganidan mamnunman”
Italiya chempionatining 20-turidan o'rin olgan “Kataniya”ga qarshi o'yinda dubl muallifiga aylangan “Fiorentina” klubi hujumchisi Alessandro Matri, jamoada debyut qilganidan mamnun bo'ldi.
- Men ushbu kunni uzoq kutdim. Ko'pdan beri omadim kelmayotgan edi, bu esa o'zimga bo'lgan ishonchni so'nib borishiga sabab bo'ldi. Gollarimni qiyin vaziyatda meni qo'llab turgan barcha yaqinlarimga bag'shlayman. “Fiorentina” menga ishonch bildirayotganidan mamnunman”, - Matrining so'zlarini keltiradi Sky Sport Italia.

Fikrlar