Alemani: "Biz de Yongga ishonch bildiramiz, ammo La Liga bizdan kimnidir sotishimizni talab qilmoqda"
16 iyu 2022 15:57
Yangiliklar
![](https://championat.asia/upload/storage/708762_original.jpg)
![](/upload/storage/708762_220.jpg)
Alemani: "Biz de Yongga ishonch bildiramiz, ammo La Liga bizdan kimnidir sotishimizni talab qilmoqda"
"Barselona" sport direktori Mateu Alemani klub Erik ten Xag boshchiligidagi "Manchester Yunayted" juda ham shartnoma imzolashni xohlayotgan yarim himoyachi Frenki de Yongni sotishga majbur bo'layotganini tan oldi.
"Frenki – juda muhim o'yinchi, biz unga ishonch bildiramiz. Ammo, moliyaviy feyr-pley va La Liga bizni kimnidir sotishga majbur qilayotganini bilamiz. Ortiq hech narsa deya olmayman", – Alemani.
Eslatib o'tamiz, Frenki de Yong "Manchester Yunayted" uning transferi borasida 80 mln evrolik kelishuvga erishganiga qaramay, "Barselona"dan ketishni xohlamayapti.
Mish-mishlarga ko'ra, o'yinchiga Kataloniyadagi hayot yoqadi va u faoliyatini "ko'k-anorranglilar" tarkibida davom ettirishni xohlaydi.
O’xshash yangiliklar
![AMP Logo](https://championat.asia/image/logo-amp.png)
Fikrlar