Aleksis APLning ilk uchrashuvida maydonga tushmaydi. Nega?
09 avg 2017 14:47
Yangiliklar
Aleksis APLning ilk uchrashuvida maydonga tushmaydi. Nega?
"Arsenal" hujumchisi Aleksis Sanches "Lester Siti"ga qarshi bo'lib o'tadigan Angliya chempionatining ilk uchrashuvini o'tkazib yuboradi.
Bu haqda "to'pchilar" bosh murabiyi Arsen Venger matbuot-anjumanida aytib o'tdi.
"Sanchesning qornida og'riq bor edi. U safdan chiqdi, ammo uzoq muddatga emas. Bir yoki ikki hafta maydonga tusha olmaydi. Albatta, Aleksis Sanches - bu biz uchun yo'qotish" - deydi franciyalik mutaxassis.
Vengerning so'zlariga ko'ra, chililik forvardning yo'qligi, uning boshqa klubga o'tishi haqidagi mish-mishlarga bog'liq emas. "Arsenal" - "Lester" uchrashuvi 11 avgust kuni bo'lib o'tadi.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
АПЛ. "Арсенал" "Астон Вилла"нинг ғалабали сериясига нуқта қўйди. МЮ аутсайдерни мағлуб эта олмади
ОЧЛ 2 плей-офф босқичига қуръа ташланди: Роналду етакчилигидаги "Ал Насср" "Арқадағ" билан ўйнайди
Месси "Америка қироли" мукофотини қўлга кирита олмади. Уни "Фламенго" ярим ҳимоячиси ортда қолдирди
Breaking! Бозоров, Алибоев, Рўзиев ва Холмуродов терма жамоадан чақирув олди
Fikrlar