So’nggi yangiliklar

17:28Расман: Феликс Роналдунинг жамоадошига айланди  0 17:06Расман: Олимпиада бронза медали соҳиби "Машъал"га ўтди  0 16:37"Ал Насср" "Челси" ҳимоячисига даъвогар  0 16:15Сўнгги мавсумини Туркияда ўтказган дарвозабон "Андижон"га келмоқда  2 16:02Расман: "Пахтакор" Турғунбоевни сафига қўшиб олди  4 15:49Расман: Рустам Турдимуродов – "Сурхон" аъзоси!  4 15:32Грилиш "Манчестер Сити"да машғулотларни давом эттирмоқда  0 15:10Мираброр Усмонов Кубоги-2025 мусобақаси тақдирлаш маросимидан ГАЛЕРЕЯ  1 14:55Аёллар Осиё Кубогига қуръа ташланди: Ўзбекистон КХДР билан беллашади  2 14:37БУМ! Ўзбекистон МТЖ ноябрь ойида Тошкентда жаҳон чемпионига қарши ўйнайди  27 14:26Ўзбекистон U-23 терма жамоаси хотира турнирида Японияга имкониятни бой берган ўйиндан ГАЛЕРЕЯ  0 14:13"Арсенал" Салиба билан шартномани узайтириш жараёнини тезлаштирди  1 13:40Мақсад U-23 Осиё кубогини ютишми ёки Олимпиадага чиқиш?   4 13:20Кичик Пеледан Марадона Жуниоргача: яшил майдонда омади чопмаган фарзандлар  3 12:55Ҳиндистон терма жамоаси CAFA мусобақасида Малайзия ўрнини эгаллайди  3

Aleksey Nikolaev “Paxtakor”ga qaytdi Yangiliklar

Aleksey Nikolaev “Paxtakor”ga qaytdi

Aleksey Nikolaev 6 yillik tanaffusdan so'ng yana “Paxtakor”ga qaytdi.

Faqat bu safar murabbiy sifatida. O'tgan mavsum “Dinamo” (Samarqand) sharafini himoya qilgan 39 yoshli Nikolaev bu yil butsalarini mixga ilishga qaror qildi. Sobiq futbolchiga “Paxtakor” klubidan taklif bo'ldi va endilikda Aleksey akademiyada bolalar bilan ishlashni boshlab yubordi.

Muxlislarga yaxshi malumki, Nikolaev O'zbekiston chempionatlarida 300dan ziyod uchrashuv o'tkazgan. “Paxtakor”da esa 80dan ziyod bellashuvlarda ishtirok etgan. SHuningdek Aleksey Nikolaev milliy terma jamoada ham 2002-2008 yillar davomida 42ta o'yinda maydonga tushishga muvaffaq bo'lgan.

Nikolaevning futbolchilik faoliyatidagi klublariga nazar tashlaydigan bo'lsak, o'zimizda “Qizilqum”, “Paxtakor”, “Dinamo”, “Bunyodkor”, “Buxoro”, “NBU-Osiyo”  hamda “Qo'qon-1912” kabi jamoalarda o'ynaganini ko'rishimiz mumkin. SHuningdek u xorij klublarida ham faoliyat yuritib qaytgan. Xususan, Rossiyaning “SHinnik”, Xitoyning “SHenchjen Rubi” hamda Qozog'istonning “Aktobe” singari jamoalarida o'ynagan.

Albatta Nikolaev yuqorida nomlari keltirib o'tilgan klublarda tajribali mutaxassislar bilan birga ishlagan. Ulardan o'rganganlarini endilikda bolalar futbolida amalda qo'llaydi.

Reyting: +20   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика