So’nggi yangiliklar

21:06"Mirabror Usmanov Cup-2024". Ўзбекистон Қирғиз Республикасини мағлуб этди, Нишоновдан хет-трик!  0 21:01Фюллькруг Ла Лига гранди сафига ўтиши мумкин  0 20:27Назорат учрашуви. "Андижон" ва "Қизилқум" ўртасидаги ўйинда 4та гол урилди  3 19:59"Фенербахче" "Севилья" билан Юссеф Эн-Несири трансфери бўйича келишувга эришди, аммо...  0 19:33РПЛ. "Локомотив" голларга бой учрашувда "Акрон"ни мағлубиятга учратди  1 19:12"Mirabror Usmanov Cup-2024". Ўзбекистон - Қирғиз Республикаси: Таркибимиз маълум  1 18:53Эшитдик-да! Рубин Хебай Ўзбекистон чемпионатига қайтмоқда  16 18:34Расман: Азизбек Амонов — "Нефтчи" аъзоси   7 18:00Футзал бўйича BMB CUP мусобақасида энг кучлилар тақдирланди   1 17:46"Реал Сосьедад" Испания ёшлар терма жамоаси аъзосини сотиб олади  1 17:21Эшитдик-да! Санжар Қувватов "Нефтчи"ни тарк этди, у Суперлиганинг бошқа бир грандига ўтади  23 16:56Эшитдик-да! "Навбаҳор" "Олимпик"нинг 2 футболчисига жиддий қизиқмоқда  7 16:33Фабрицио Романо: Калафьорининг "Арсенал"га трансфери яқин кунларда ҳал бўлади  2 16:05"Навбаҳор", "Пахтакор" собиқ футболчиси Вячеслав Понамарёв ҳозир қаерда?  9 15:39"Раҳмоналиевни "Рубин"га Леонид Слуцкий таклиф қилган". Умаралининг агенти унинг "Рубин"га ўтиши ва адаптацияси ҳақида  1

Aleksey Miranchuk Kvaracxeliyadan qimmatroq?! Yangiliklar

Aleksey Miranchuk Kvaracxeliyadan qimmatroq?!

Miranchuk A Seriyadagi eng yaxshi mavsumini o'tkazmoqda.


O'ziga mos murabbiyni topdi

Xorvatlarda yosh murabbiylarning qiziq avlodi etishib chiqdi. Blajevich o'tmishga aylanib ulgurdi, ammo yangi avlod, o'rinbosarlar tayyor. Nafaqat terma jamoada, Dalich JCHda yangi medal bilan hammani hayron qoldirdi, balki top ligalardagi klublar miqyosida ham. Igor Tudor boshchiligidagi "Marsel" – Evropa futbolidagi  juda qiziq loyihalardan biri. "SHaxtyor"da Yovanovich bor. Bilichning "Uotford"dagi ishlari biroz yurishmayotgan bo'lishi mumkin, lekin CHempionship – murakkab musobaqa, SHota Arveladze gapimizni tasdiqlaydi.

Miranchuk esa "Torino"ning xorvatiyalik murabbiyi Yurich uni Gasperinidan ko'ra yaxshiroq tushunayotganini aytishiga ishonchimiz komil. To'g'ri, Ivan hali "Bavariya" va "Monako"dek klublarda ishlagan Niko Kovach darajasiga etmagandir, lekin Vlashich va Miranchuk ustozi ham ancha sifatli jamoa tuza olishini isbotlab ulgurgan. Muxlislar sevimli jamoalarining g'alabalarini va Miranchukning samarali harakatlarini kutishadi.

Aleksey A Seriyada jamoasining to'purari (Sanabriya bilan birga) va samarali uzatmalar bo'yicha ikkinchi o'rinda. "Torino"ning ishtirokini mavsum kashfiyoti deyishga arzimasada, rahbariyat futbolchini to'liq sotib olish haqida o'ylashiga arziydi. Vlashich va Miranchukning ijarasi va Lukichning Italiyani tark etganidan keyin "Torino" yangi transferlar amalga oshirishi juda zarur.


"Atalanta"dan ketib olish muhim

Gasperinida ketmoqchi bo'lganlar bilan ishlashda bir nechta faza mavjud. Birinchisi – janjalli, bunda ketish uchun maqul pallani o'tkazib yuborib, janjalsiz ketib bo'lmaydi. Ikkinchisi – chiroyli xayrlashish. Romero, Kulusevski, Kesse, Bastoni, Gosens va Konti katta pul evaziga va o'zlari uchun to'g'ri vaqtda keta olishgan. To'g'ri, hamma ham yangi klubida porlab keta olmagandir, ammo aksariyat futbolchilar yangi darajaga chiqa olishdi.

"Atalanta" transferlar orqali yuzlab millionlar ishlaydigan "Benfika" emas. Biroq foydali taklif bo'lsa, yo'q deb oyoq tirab ham olishmaydi. Miranchuk ECHL yo'llanmasi uchun kurashayotgan jamoa zaxirasidagi o'rnini, o'rtamiyona jamoaning asosiy tarkibiga alishdi. "Lokomotiv"da qolganida hali ham "Zenit"dan taklif kutib o'tirgan bo'larmidi.

Miranchuk "Torino"ni tanlab to'g'ri qildi. Endi keyingi qadam muhim. Gasperini Alekseyni qo'yib yuborishi mumkin. Agar murabbiy futbolchining ijaradagi muvaffaqiyatli ishtirokini uni tarkibda olib qolishga sabab sifatida ko'rsatib, yana zaxiraga o'tqizib qo'ysa, alam qilishi aniq. O'sha Malinovskiy ham Bergamoda qolib ketdi va "Inter"ga ko'chib o'tib, "Atalanta"ga ham katta pul olib kelish imkoniyatini qo'ldan boy berdi. Alekseyning muammosi o'xshash.


Miranchuk Kvaracxeliyadan qimmatroq?

"Napoli" yosh gruziyalik uchun 10 mln evro to'ladi, "Atalanta" esa "Torino"dan Miranchuk uchun 12 mln evro so'ramoqda. Biroz g'alatiroqdek tuyulishi mumkin, lekin "Torino" rossiyalikni tarkibida saqlab qolishni istasa, "Napoli" Xvicha transferiga bergan summadan ko'proq sarflashi zarur.

Xvicha Italiyaga kelishidan avval vaziyat hozirgidan ancha farq qilardi. Hozir esa gruziyalik "Oltin to'p" nomzodlari TOP-10da, uni ko'plab top-klublar tarkibida ko'rishni istamoqda. Miranchuk esa hech bo'lmaganda Golovin Franciyada erishgan reputaciyaga ega bo'lish uchun ham astoydil mehnat qilishi zarur. O'shanda Yurich bor etiborini Alekseyga qaratadi. Faqat kelishuvda bitta xavfli band mavjud.

Miranchuk bilan shartnomani 2026 yilgacha uzaytirish mumkin. "Atalanta"dagilar transfer bozorida yuzing-ko'zing deb o'tirmaydiganlar toifasidan. "Torino" ehtimoliy transfer haqida tarqalgan xabarlarga ehtiyotkorlik bilan munosabat bildirishdi. Sababi bu o'yin va mish-mish "Torino"ning egasiga bevosita bog'liq bo'lgan gazeta orqali tarqaldi. Miranchuk – "Fulxem"ga ketgan serbiyalik muhim o'yinchisi Lukichni yo'qotgan jamoaning yangi etakchisi.


Turindan tashqaridan jamoa izlagan maqulmi?

Balki "Torino" ham emas, "Atalanta" ham emasdir? Turinliklar hujumini u qadar yorqin, samarali deb bo'lmaydi. A Seriyadagi 22 goldan 6 tasini yuzaga keltirgan Miranchukda boshqa takliflar ham bo'lishi mumkin. Pul borasida kelishish va Aleksey mavsumni jarohatlarsiz o'tkazishi kifoya. Xavbek Gasperini mashg'ulotlaridagi yuklamalarga uzoq vaqt ko'nikdi.

Tajribali italiyalik bilan ishlaganlar aytishicha, bazan murabbiy oshirib yuborarkan. Kerak emas mayda jarohatlar aslida shuning natijasi. Turinda Miranchuk o'zini yaxshiroq his qilmoqda va bu uning o'yinidan ham ko'rinib turibdi. "Fiorentina" darvozasiga g'alaba goli, "Empoli" bilan o'yinda mag'lubiyatdan qutqaruvchi golga assist. Yurichni jamoasi balki top emasdir, ammo Aleksey aksariyat o'yinlarda yaqqol ajralib turibdi. 

Bir narsa aniq — Miranchukni sabr-toqati uchun maqtasa arziydi. Bergamodagi og'ir davrni engib o'tib, rossiyalik mashhur legionerlar izidan ketyapti. Miranchuk yaxshi jamoaning asosiy tarkibidan joy olishga loyiq. Biroq futbolchi agentining "Torino"dan kuchliroq variant topib bera olishi qiyin bo'lsa kerak. "Atalanta"dan ketish vaqti kelgani aniq. Bergamoda Aleksey yana rotaciya futbolchisiga aylanib qoladi, uning yoshida esa muntazam ravishda asosiy tarkibda o'ynash zarur.


Nozima To'xtamirzaeva soccer.ru saytidan tarjima qildi 

Reyting: +3   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика