So’nggi yangiliklar

16:55"Қизилқум" — Акмал Рустамовга сербиялик мураббий натижасини такрорлаш учун 7 та ўйин кифоя қилди  0 16:35Про лига 12-турида ишловчи расмийлар билан танишинг  0 16:25Суперкубок. ПСЖ - "Тоттенхэм" ўйини олдидан превью  0 16:10"Майдон атрофидаги муҳит ўйиндан ҳам қайноқроқ эди. Лушчанга тан бериш керак" — Санжар Асқаралиев водий дербиси ҳақида гапирди  2 15:50АПЛ 1-тур ўйинлари бир дақиқалик сукут билан бошланади  0 15:30"Хоразм" тарихий натижа остонасида  0 15:15"Қалдирғочлар"нинг меҳмондаги парвози давом этадими?  0 14:45⚡️Bild: Йоахим Лёв Ўзбекистон терма жамоаси таклифини рад этди  36 14:21Элит ОЧЛ. "Ал Дуҳайл" ва "Ченгду Ронгченг" плей-оффда ғалаба қозонишди  1 14:15"Қўқон-1912" 8 йилдан сўнг Ғузордан 3 очко билан қайтди  0 13:49"Қўқон-1912"нинг 9 ўйинлик мағлубиятли серияси якунланган баҳсдан ГАЛЕРЕЯ  0 13:45"Сурхон" май ойидан буён Термизда гол ура олмаяпти  1 13:24Луис Энрике: "Тоттенхэм" бир ойдан буён тайёрланмоқда, биз эса бир ҳафта шуғулландик холос"  0 12:27"Нефтчи" ва "Насаф" ўртасидаги ўйиндан ГАЛЕРЕЯ  0 12:01Эшитдик-да! "Динамо" - "Пахтакор" учрашуви бош ҳакамига "қизил карточка" кўрсатилди  46

Aleksey Evstafeev: "Qisqa vaqt ichida ruhiy tomonlama yigitlar bilan ish olib bordik va bu natija berdi" Yangiliklar

Aleksey Evstafeev: "Qisqa vaqt ichida ruhiy tomonlama yigitlar bilan ish olib bordik va bu natija berdi"

Pro liganing 9-turidan o'rin olgan "Olimpik Mobiuz" - "Do'stlik" (1:2) uchrashuvidan so'ng mehmonlar bosh murabbiyi Aleksey Evstafeev fikrlarini bildirdi.


"Ilk navbatda, g'alaba bilan yigitlarni, jamoadagilarni tabriklayman. Borlarini berishgani uchun rahmat aytaman. O'yingacha bo'lgan vaqtda biroz ish olib borganimizga qaramay, futbolchilar ko'rsatmalarni to'g'ri tushunishdi. Bu birinchi qadam sanaladi. Yanada oldinga intilishimiz, ishlashimiz kerak. Raqibga ham chiroyli o'yin uchun rahmat aytishni istardim. Tarkibda salohiyatli futbolchilar bor, ular terma jamoaning o'zagini tashkil qiladi", - deydi Aleksey Evstafeev. 

- Odatda yangi murabbiylar qisqa vaqtda ko'p narsani o'zgartirishmaydi. Sizda tayyorgarlik uchun vaqt kam bo'ldi. Qaysi kamchiliklarni bartaraf etishga ulgurdingiz?

- Ha, qisqa fursatda katta o'zgarish qilish qiyin. O'yingacha ko'proq ruhiy tomonlama ishladik. Yigitlarga o'tgan mag'lubiyatlarni unutishni, oldinga intilish kerakligini taqidladik. Ko'rganingizdek bu natija berdi va bugun ilk g'alabani qo'lga kiritdik. 

- "Aral" bilan o'yindagi kabi bugun ham jamoa birinchi bo'limdan so'ng ortda ko'proq o'ynadi. Lekin xarakter ko'rsatib g'alaba golini urdi...

- Balki charchoq bilan bog'liqdir. Aavvalgi o'yinlar haqida nimadir deya olmayman. CHempionat davomida bu ustida ishlaymiz. "Do'stlik" tarkibida yosh va salohiyatli futbolchilar jamlangan. Faqat mahorat va tajriba kam. Oldinga qarab rivojlanishda davom etamiz.

Reyting: +3   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика