Aleksey Evstafeev “Obod”ga o'tadi...mi?
12 dek 2015 17:16
Yangiliklar
Aleksey Evstafeev “Obod”ga o'tadi...mi?
Katta ehtimol bilan jamoada yaqin orada taniqli murabbiy ish boshlashi kutilmoqda. Bu borada rahbariyat bir nechta nomzodlarni ko'rib chiqayotgani aytilayotir.
Ammo olingan so'nggi malumotlarga ko'ra, “Obod”ning boshqaruv postiga Aleksey Evstafeev kelishi kutilmoqda. So'nggi ikki yildan buyon “Neftchi”da yordamchi murabbiy sifatida faoliyat yuritib kelayotgan Evstafeev yangi mavsumdan bosh murabbiy rolida gavdalanishi mumkin. CHunki ushbu murabbiy yaqinda klub ofisiga kelib, rahbariyat bilan muzokara o'tkazib qaytgan. Lekin bu haqda rasmiy xabar yo'q. Nomzodlar orasida Vadim Abramov, Sergey Lushan nomlari ham bor ekanligi aytilayotir. Bizningcha jamoaga keladigan har qanday murabbiy Bobur Zuhriddinov bilan hamkorlikda ish olib boradi. Sababi 23 yoshli murabbiy garchi tegishli licenziyaga ega bo'lmasada shu kungacha “Obod”ning muvaffaqiyatlariga sezilarli darajada hissa qo'shib kelmoqda.

O’xshash yangiliklar
championat.asia
ОЧЛ 2 плей-офф босқичига қуръа ташланди: Роналду етакчилигидаги "Ал Насср" "Арқадағ" билан ўйнайди
Тимур Кападзе дунёнинг энг кучли мураббийлари орасида кучли ўнликка кирди!
АПЛ. "Арсенал" "Астон Вилла"нинг ғалабали сериясига нуқта қўйди. МЮ аутсайдерни мағлуб эта олмади
Расман: Ислом Тўхтахўжаев — "Андижон" футболчиси!
Fikrlar