So’nggi yangiliklar

15:02"Металлург" катта футболга қайтиш арафасида  1 14:41Бугунги ўйинлар: "Арсенал" — "Ливерпуль", Франция Суперкубоги ва бошқалар  0 14:19"Сурхон" Февзи Давлетов ва Алексей Николаев билан ҳамкорлик якунланганини эълон қилди  5 14:00Балотелли фаолиятини БААда давом эттиради  0 13:32"Андижон" ҳужумчиси Озарбайжонга йўл олди  1 13:05"Локомотив" Чехия Кубоги финалчиси билан ўйнайди  1 12:38Расман: Шерзод Эсанов "Бухоро" футболчисига айланди  8 12:20МТЖ 5 майдан йиғин ўтказади ва Суперлиганинг етакчи клубларига қарши ўртоқлик ўйинларида қатнашади  2 11:58​"Пахтакор" Риаскос, Абдихолиқов ва яна 4 нафар футболчи билан хайрлашганини маълум қилди  10 11:35"Навбаҳор"га РПЛда ўйнаётган ҳимоячи келмоқда  12 11:08Расман: Дмитрий Плетнёв — "Бунёдкор" футболчиси!  3 10:44"Навбаҳор" футболчиси "Қўқон-1912" ўтиши мумкин  1 10:18Санжар Қувватов: "Пахтакор"дан таклиф тушганида ўйлаб ҳам ўтирмадим"  7 09:52“Андижон” Анталияда 10 та ўртоқлик учрашувида қатнашади  8 09:25"Истанбул Башакшеҳир" футболчиси Шомуродов ва Файзуллаевнинг ўйинига юқори баҳо берди  6

Aleksey Evstafeev, "Do'stlik" xaloskori va "Qo'qon-1912" posboni - Pro liga 9-tur laureatlari Yangiliklar

Aleksey Evstafeev, "Do'stlik" xaloskori va "Qo'qon-1912" posboni - Pro liga 9-tur laureatlari

Pro liganing 9-turi ortda qoldi. Biz esa o'z odatimizga ko'ra tur laureatlarini elon qilamiz.

"Championat.asia" sayti talqiniga ko'ra 9-turning eng yaxshi darvozaboni - Islom Abdullaev ("Qo'qon-1912")

"Qo'qon-1912" jamoasi bu turda "Buxoro" mehmoni bo'ldi. Murosasiz o'tgan uchrashuvda darvozalarga to'p kiritilmadi. O'yin davomida bir nechta xavfli vaziyatlar yaratgan mezbonlarga qarshi qo'qonliklar posboni Islom Abdullaev darvozasi dahlsizligini saqlab qoldi. Kiper jamoasini yaqqol golli vaziyatlarda qutqarib qoldi. SHu sababli Islom Abdullaevni 9-turning eng yaxshi darvozaboni deb topdik. 


 

"Championat.asia" sayti talqiniga ko'ra 9-turning eng yaxshi futbolchisi -   Hamidullo Abduhamidov ("Do'stlik")

Toshkentning "Do'stlik" jamoasi 9-turda "Olimpik Mobiuz"dan ustun keldi va mavsumdagi ilk g'alabasini qo'lga kiritdi. Bunda jamoaning hujumchisi Hamidullo Abduhamidovning hissasi katta bo'ldi deya olamiz. U dastlabki golda SHerzod Qodirovga assistentlik qilgan bo'lsa, yakunda g'alaba goliga mualliflik qildi. SHubhasiz Hamidullo Abduhamidov tur futbolchisi nomiga munosib o'yin ko'rsatdi.

 

"Championat.asia" sayti talqiniga ko'ra 9-turning eng yaxshi murabbiyi - Aleksey Evstafeev ("Do'stlik")

"Do'stlik" jamoasi yangi murabbiy Aleksey Evstafeevning debyutidayoq 3 ochkoga ega chiqdi. Uzoq kutilgan g'alabada yangi murabbiylar shtabining munosib xizmati bor desak mubolag'a bo'lmaydi. Qisqa vaqtda futbolchilarni yaxshi tayyorlagan mutaxassis o'z-o'zidan 9-turning eng yaxshi murabbiyi bo'ldi.

 

Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика