Aleksey Evstafeev: "Buxoro"ga qarshi o'yindan keyin biroz eyforiyaga berildik"
12 iyu 22:15
Yangiliklar
Aleksey Evstafeev: "Buxoro"ga qarshi o'yindan keyin biroz eyforiyaga berildik"
– Uchrashuv haqida
– O'yin bizning foydamizga bo'lmadi. Hisob buni ko'rsatib turibdi. Menimcha, yigitlar o'yinga ruhan keragicha tayyorlana olishmadi. Katta ehtimol bilan, "Buxoro"ga qarshi o'yindan keyin biroz eyforiyaga berildik. Boshqa nima ham deya olaman. Xatolarni albatta ko'rib chiqamiz.
– Raqib sizdan kuchliroqmidi yoki qaysidir vaziyatlarda ularga omad kulib boqdimi?
– Raqib o'zining barcha vaziyatlaridan foydalandi. Bizda esa deyarli imkoniyatlar bo'lmadi. SHuning uchun ular g'alaba qozonishdi. Raqibni tabriklamoqchiman. Ularga omad tilayman.
– Darvoza chizig'ida muammolar bordek. Jamoaga yangi darvozabonni jalb qilish haqida o'ylab ko'rdingizmi?
– Darvozabon bo'yicha bizda muammo yo'q. Darvozabon sovg'a qilmadi. Jamoa mag'lub bo'ldi. To'g'ri, xatolar bordir. Lekin men darvoza chizig'imizda muammo bor deb o'ylamayman.
Fikrlar