Aleksey Estafeev: "O'zPFL shu stadionni qabul qilganmi, demak shu erda o'ynaymiz"
08 avg 2024 23:16
Yangiliklar
![](https://championat.asia/upload/storage/798330_original.jpg)
![](/upload/storage/798330_220.jpg)
Aleksey Estafeev: "O'zPFL shu stadionni qabul qilganmi, demak shu erda o'ynaymiz"
Pro-liganing 15-turidan o'rin olgan "Aral" - "Do'stlik" (2:1) uchrashuvidan so'ng mehmonlar bosh murabbiyi Aleksey Estafeev matbuot anjumanida ishtirok etdi.
O'yin haqida
- "Aral" jamoasini g'alaba bilan tabriklayman. O'yin davomida vaziyatlar yaratdik, biroq foydalana olmadik. Bizga bir oz xarakter etishmadi. Navbatdagi uchrashuvlarga tayyorgarlikka kirishamiz.
- "Aral" sizning jamoangiz uchun noqulay raqibmi?
- Yo'q, bunday deb hisoblamayman.
- Stadion borasida fikringiz qanday?
- Bu borada fikrim yo'q. O'zPFL bu stadionni qabul qilganmi, demak shu erda o'ynaymiz.
- "Aral" tarkibida qaysi futbolchining ko'rsatgan o'yini sizga maqul keldi?
- Himoyachi bor, 15-raqamli futbolchi. U bir necha yillardan buyon jismoniy darajasini mukammal ushlab kelmoqda.
O’xshash yangiliklar
![AMP Logo](https://championat.asia/image/logo-amp.png)
Fikrlar