So’nggi yangiliklar

01:50Винисиус Жуниор: "Дунёнинг энг катта клуби ва терма жамоасида ўйнаш барчанинг орзуси"  1 01:15"Реал"нинг илтимоси рад қилинди  1 00:52Расман: Осимхен - "Галатасарой"нинг тўлақонли аъзоси!  3 00:35Конференциялар лигаси саралаши. "Истанбул Башакшеҳир" "Черно Море"ни қийинчиликсиз мағлуб қилди, Шомуродов захирадан майдонга тушди  24 00:17Майкл Оуэн: "Ливерпуль" ўтган мавсумда 20 очколик фарқ билан чемпион бўлиши керак эди"  4 23:50"Манчестер Юнайтед" "Лейпциг"га хабар жўнатди  0 23:29"Милан" ўртоқлик ўйинида Австралия чемпионати аутсайдерига 9та гол урди  3 23:12"Манчестер Сити" афсонавий Чики Бегиристайн билан ҳайрлашди, у Абдуқодир Ҳусановнинг трансферида муҳим ўрин тутган  1 22:59Конференциялар лигаси саралаши. "Сабаҳ" "Петрокуб" тўсиғидан осон ўтди, Умарали Раҳмоналиев жавоб ўйинида ҳам майдонга тушмади  1 22:26Пьер-Эмерик Обамеянг собиқ жамоасига қайтди  0 21:35"Реал" футболчиси "Комо"га ўтди  0 21:08Лукас Пакета бўйича якуний қарор чиқарилди  1 20:51"Арсенал"нинг икки футболчиси жароҳат олди  3 20:44Расмус Хойлунд: "Юнайтед"да қолишни истайман"  5 20:16"Локомотив"га 6 футболчи келди, 5 футболчи кетди  1

Aleksandr Xomyakov: “Xebay o'rnini to'ldira oladigan hujumchi olib kelamiz” Yangiliklar

Aleksandr Xomyakov: “Xebay o'rnini to'ldira oladigan hujumchi olib kelamiz”

“Andijon”ning “Korvinul” hamda “Kanvon” jamoalariga qarshi o'rtoqlik uchrashuvlaridan so'ng andijonliklar bosh murabbiyi Aleksadn Xomyakov klub matbuot xizmatining bir qator savollariga javob berdi.

-Aleksandr Andreevich, Antaliyadagi so'nggi nazorat uchrashuvi ham o'tkazildi. Taassurotlaringiz qanday?

-Birinchi o'yin haqida gapiradigan bo'lsam, bog'liqlik umuman bo'lmadi. Boshqa tomondan qaraganda, birinchi o'yinda etarli vaziyatlar yaratdik, lekin yana yakuniga etkaza olmadik. Raqibda esa aksincha, ularni har bir zarbasi darvozadan joy oldi. SHuning uchun aytaman: bugun bizni kunimiz bo'lmadi. Ikkinchi o'yin haqida gapirsam, yaxshi raqib ekan. 70 daqiqa tengma-teng kurash bo'ldi. Ko'proq vaqtimizni asosan himoyada o'tkazdik va qarshi hujumlarga o'tishga harakat qildik. O'yindan qoniqdim. Futbolchilarga barakalla deyman. Ishlashda davom etamiz, bu erdagi yig'inimizni yakunlayapmiz. Lekin hali bizda chempionat boshlanishiga yana ikki hafta vaqt bor. Asosiy tarkibni aniqlashda bir qarorga kelishimiz kerak va zaxira tarkibiga kiradiganlarni ham aniqlab olishimiz lozim. Hammasi reja bo'yicha ketmoqda.

-“Andijon”ning Antaliyadagi yig'ini deyarli nihoyalab qoldi. Bir so'z bilan aytganda, qoniqish hosil qildingizmi?

-Ha, umumiy olganda, albatta qoniqdim. Sifatli maydonlar, munosib raqiblar… Amalga oshira olmayotgan vaziyatlar meni biroz asabiylashtirmoqda. Lekin bu masalani hal qila olamiz. Oxirida kuchaytira oladigan futbolchilarni jalb qilamiz.

-Muxlislarni Rubin Xebayning o'rnini kim to'ldirishi qiziqtiryapti. Bu borada qanday reja bor?

-Ha, hujumchi izlayapmiz. Tezroq bir qarorga kelishimiz kerak. Rubin singari yordam bera oladigan futbolchi bilan kelishuv jarayonidamiz. Xebay o'rnini to'ldira oladigan hujumchi olib kelamiz.

“Andijon” matbuot xizmati.

Reyting: +5   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика