Aleksandr Xomyakov: "Rejamiz ish bermadi"
20 iyu 2021 22:42
Yangiliklar
Aleksandr Xomyakov: "Rejamiz ish bermadi"
- Namanganliklarni g'alaba bilan tabriklayman. O'yinning borishidan mamnun bo'ldim, boshqacha futbol ko'rsatishni istagandik, ammo o'yin boshida rejalarimiz amalga oshmadi. Tezkor hujumlarga o'tishni uddalay olmadik. Birinchi bo'lim oxirida kutilmaganda gol o'tkazib yubordik. Ikkinchi golni esa qarshi hujumda o'tkazib yubordik. Qo'pol xatoga yo'l qo'ydik. "Navbahor" ikkinchi bo'limda o'yin nazoratini bizga topshirib, asosan himoyalandi. Rejamiz ish bermadi.
- Mag'lubiyatga uchradikmi, demak o'yin shunga loyiq bo'ldi. Menimcha, bugun tashabbusni osonlikcha berib qo'ydik. "Navbahor" kam gol o'tkazib yuborgani, himoyada yaxshi o'ynashini bildiradi. Himoyadan o'ynab, bo'sh hududlarga ochilib, hujum uyushtirishga intiladi. Bizda ham himoyadan hujumga va aksincha, hujumdan himoyaga o'tishda aniq o'ynashimiz talab etiladi. "Navbahor" aynan hujumdan himoyaga o'tishda tezkor harakatlandi. Umuman olganda, penaltini inobatga olmaganda, bizda ham aytarli vaziyat yaratilmadi. Mezbonlar tarkibida tajribali, futbol o'ynashni biladigan futbolchilar jamlanishgan. Bugun biz juda ko'p yakkakurashlarni boy berdik, - dedi Aleksandr Xomyakov.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Ла Лига. "Барселона" меҳмонда "Вильярреал" устидан ишончли ғалабага эришди, мезбонлар ўйинчиси 39-дақиқада майдондан четлатилди
"Реал" Абдуқодир Ҳусановни ўз сафига қўшиб олмоқчи
Breaking! Ўзбекистоннинг ЖЧдаги рақиби Португалия Эрон билан ўйнайди
АПЛ. "Ман Сити" ўз майдонида "Вест Хэм"ни мағлуб этди, Ҳусанов 67-дақиқада захирадан ўйинга қўшилди
Fikrlar