So’nggi yangiliklar

14:38Гарначо Саудия Арабистони клубига ўтишдан бош тортди  0 14:15"Манчестер Юнайтед" Италия терма жамоаси ҳимоячисини нишонга олди  0 13:48Беннасер ва Адли фаолиятини Саудия Арабистонида давом эттириши мумкин  0 13:21"Нефтчи" кениялик форвардга қизиқмоқда  6 12:58Буну, Кукурелья, Витинья, Палмер... КЖЧ рамзий терма жамоаси  0 12:30"Хоразм" ярим ҳимоячиси жамоадан кетди  1 12:08Расман: Ҳожимат Эркинов "Пахтакор"га қайтди  5 11:50"Атлетико" Аргентина терма жамоасининг яна бир вакилини харид қилмоқчи  0 11:21Флетчер "Манчестер Юнайтед" U-18 бош мураббийи этиб тайинланди  0 10:45"Андижон"нинг янги легионери: "Максим Шацких Украина футболи учун ҳақиқий афсонадир"  8 10:07Клублар ўртасидаги ЖЧ. Ким қанча ишлаб олди?  6 09:30Суперлиганинг ўтган мавсумдаги энг яхши ёш футболчиси фаолиятини водий жамоасида давом эттиради  3 08:53Терма жамоамизнинг яна бир аъзосига Греция ва Ла Лига 2 жамоасидан қизиқиш бор  20 08:19"Реал" ўз тарбияланувчисининг қайтганини эълон қилди  8 07:47Терма жамоамизнинг яна бир аъзоси легионерга айланди. Унинг янги жамоасидаги рақами ҳам маълум  8

Aleksandr Xomyakov: "O'yinimizda inqiroz yuzaga kelgan" Yangiliklar

Aleksandr Xomyakov: "O'yinimizda inqiroz yuzaga kelgan"

Bugun bo'lib o'tgan "Mashal" - "Qizilqum" (0:0) uchrashuvidan so'ng matbuot anjumani tashkil etildi.
"Avvalombor muxlislardan ko'rsatgan o'yinimiz va natijalar uchun uzr so'rayman. Biz o'zimiz istagan futbolni ko'rsata olmayapmiz. Buning uchun jamoamiz nomidan ham uzr so'rayman. Hozircha muxlislarimizni xursand eta olmayapmiz. Jamoaviy o'yin borasida muammolarimiz bor" ,- deydi Aleksandr Xomyakov.

- Jamoa oxirgi o'yinlarda ko'rsatayotgan natijasi ijobiy emas. Bu nima bilan bog'liq. Ichki muhitda ahvol qanday ?


O'yinimizda inqiroz yuzaga kelgan. Bu qanaqa inqiroz men bila olmayapman. Futbolchilar o'ziga bo'lgan ishonchni yo'qotib qo'ygan. O'yinni tashkil etishda kamchiliklar ham etarlicha bo'lmoqda. Har bir o'yin oldidan jamoamiz chiroyli o'yin ko'rsatishini istayman. Muhimi ishqibozlar oldida yuzimiz yorug' bo'lishi uchun harakat qilamiz. So'nggi vaqtlarda o'yinimiz o'xshamayapdi va ketma-ket to'rt o'yinda g'alaba qozona olmadik. Jamoaga yana biroz vaqt kerak. Birozdan keyin bu o'ziga keladi deb o'ylayman.

- "Bunyodkor"ga qarshi o'yinda ko'plab syurprizlar qilindi. Nega asosiy tarkib azolari zaxirada qoldi?


Bazi muammolarimiz bor edi. O'sha o'yin natijasini o'z bo'ynimga olaman. "Bunyodkor" bilan o'yinda o'yin falsafamizni o'zgartirgandik. Himoyaviy o'yin ko'rsatmoqchi bo'ldik lekin bu ish bermadi. SHu bois oldingi chiziq futbolchilarini zaxirada qoldirdim. Qo'shimchasiga bazi futbolchilar o'yinga tayyor emas edi. Masalan Ivanov o'zini yaxshi his etmayotgan edi. SHunga qaramay bu bahona bo'la olmaydi. Tarkibni qo'yishda meni aybim bor. Inqiroz har doim ham davom etavermaydi. Yaqin orada muxlislarni xursand etishni boshlaymiz. Biroz sabr qilsak, hammasi o'tib ketadi. So'nggi o'yinlarda ko'rsatayotgan natijalarimiz bizni uyaltirmoqda.

 - O'yin yakunlangandan so'ng Jiyamurodov Fayzievni haqoratladi ?

Men u vaziyatni ko'rganim yo'q. Futbol bu hissiyotlarga boy bo'ladi. SHaxsan meni hech bir futbolchiga etirozim yo'q. Barcha futbolchi mehnat qildi.

SHahboz Beg'amov yozib oldi

Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика