Aleksandr Xomyakov: “Ochkolarni kuzda sanaymiz”
21 avg 2017 09:18
Yangiliklar
![](https://championat.asia/upload/storage/272914_original.jpg)
![](/upload/storage/272914_220.jpg)
Aleksandr Xomyakov: “Ochkolarni kuzda sanaymiz”
– Albatta bugungi o'yindan qoniqdim. Anchadan beri o'z muxlislarimiz ko'z o'ngida bunday o'ynamagandik. Bugun o'yinimiz qovushdi. Raqib darvozasini to'rt marta ishg'ol qildi. Butun jamoani va muxlislarimizni bugungi g'alaba bilan tabriklayman! O'ylaymanki, mustaqillik bayramiga munosib sovg'a tayyorlay oldik.
Davralar oralig'ida tayyorgarlikka boshqacha etibor bergandik. Sababi, birinchi davra oxirida jamoada jismoniy tomondan muammolar kuzatilgandi, shu bois, asosiy urg'uni jismoniy holatni tiklash uchun qaratdik.
Yaponiyalik futbolchi jamoaga yaqinda kelib qo'shildi. Sekin-sekin ichki muhitga, tartib-qoidalarga, taktikalarga moslashyapti. O'ylaymanki, o'zini ko'rsatib, asosiy tarkibga mosligini isbotlaydi.
Jamoa oldida jiddiy maqsadlar yo'q. Lekin har o'yinda g'alaba uchun chiqamiz, asosiy maqsad shu. Ochkolarni esa, kuzda sanaymiz.
O’xshash yangiliklar
![AMP Logo](https://championat.asia/image/logo-amp.png)
Fikrlar