So’nggi yangiliklar

01:50Дерби олдидан "Манчестер Сити"нинг 4 футболчиси сафга қайтди  0 01:08Жанлуижжи Доннарумма: "Пеп мени жамоасида кўришни истаётганини айтди. Бу мени ғурурлантирди"  1 00:46Расман: Онана - "Трабзонспор" дарвозабони!  14 00:15"Вест Хэм" дербидан олдин мухлисларга тақиқ қўйди  0 23:44Доннарумма "Манчестер Сити"да қайси рақамда ўйнайди?  0 23:29"Реал" "Ливерпуль" марказий ҳимоячисини текинга қўлга киритмоқчи  0 22:57"Атлетик" "Ал Насср" футболчисини рўйхатдан ўтказди  0 22:32УЕФА 2026/27 мавсумидаги еврокубоклар финаллари ўтадиган стадионларни эълон қилди  2 22:16Отабек Нарзуллаев: "Бу мавсум давомидаги энг муҳим учрашувлардан бири бўлди"  0 21:45Элдор Мойлиев: "Футболда ютган жамоага юқори баҳо қўйилади"  1 21:18"Бунёдкор" стадионини ўз ҳолатига қайтариш ишлари бошланди  21 20:49Рональдиньонинг ўғли Чемпионшип жамоасида ўйнайди  4 20:22Суперлига. "Машъал" Ғузорда "Шўртан"дан устун келди  7 19:53Виктор Гёкереш – Португалия чемпионатида мавсумнинг энг яхши футболчиси  0 19:24"Арсенал" икки етакчиси билан шартномани узайтирмоқчи  3

Aleksandr Xomyakov: “Negadir o'z o'yinimizni ko'rsata olmayapmiz” Yangiliklar

Aleksandr Xomyakov: “Negadir o'z o'yinimizni ko'rsata olmayapmiz”

Muborakning “Mashal” klubi navbatdagi turni o'z maydonida “Istiqlol”ga qarshi o'tkazib, 3:0 hisobida g'alaba qozondi.
Bahs yakuniga etgach, “gazchilar” ustozi Aleksandr Xomyakovning fikrlari bilan qiziqdik.

- Aleksandr Andreevich, avvalo o'yin haqida nima deya olasiz?

- O'yin biz uchun og'ir kechdi. Negadir mashg'ulotlarda ishlab chiqilgan usullarni o'yin paytida qo'llay olmayapmiz. Garchi yirik hisobda g'alaba qozongan bo'lsak-da, ko'rsatgan o'yinimiz chiroyli chiqdi deya olmayman.

- 3:0 hisobidagi g'alaba jamoalar orasidagi farqni ko'rsatib turibdimi?

- Bunday demagan bo'lardim. Sababi hozir barcha jamoalar futbol o'ynashni bilishadi. Yirik hisobdagi g'alaba esa asosan vaziyatlardan unumli foydalanganimiz uchun yuzaga keldi. Lekin o'yin tomonlama katta ustunlikka erishdik deb aytolmayman. Biz negadir o'z o'yinimizni ko'rsatishni to'xtatib qo'ydik. Qolaversa, uchta gol urishdan tashqari to'rtta yaqqol imkoniyatni ko'kka sovurdik.

- Raqib sizda qanday taassurot qoldirdi?

- Raqib jamoaning harakat qilayotgani ko'rinib turibdi. Ular o'yindan zavq olish uchun, biz esa ochkolarni qo'lga kiritish uchun to'p surdik.

- Ikkinchi bosqich o'yinlari qiyin kechyapti deb o'ylaysizmi?

- Bu erda 16ta eng kuchli jamoa yig'ilgan desa bo'ladi. Lekin shunga qaramay, unchalik qiynalayotganimiz yo'q. “Oqtepa”ga o'z aybimiz bilan yutqazdik. Lekin raqibni bizdan kuchli edi deya olmayman.

- Jamoaga yangi qo'shilgan Oybek Polvonov haqida fikringiz?

- U bizning tarkibga ikkinchi bosqich oldidan kelib qo'shildi. Harakatlari chakki emas. Jamoadoshlari bilan qancha tez chiqishib ketsa, o'yini shuncha yaxshilanadi deb o'ylayman.
Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика