Aleksandr Xomyakov: “Neftchi”ni haqli g'alaba bilan tabriklayman”
18 apr 2015 19:21
Yangiliklar
Aleksandr Xomyakov: “Neftchi”ni haqli g'alaba bilan tabriklayman”
“Neftchi” – “Mashal” (1:0) uchrashuvidan so'ng tashkil etilgan matbuot anjumanida Aleksandr Xomyakov ishtirok etdi.
“O'yin haqida fikr bildiradigan bo'lsam, avvalo “Neftchi” jamoasini bugungi haqli g'alaba bilan tabriklayman. Yangi “Istiqlol” o'yingohida dastlabki o'yin qiyin bo'lishi tabiiy edi. Muxlislar ham jamoaga yordam berdi deb o'ylayman. Biz Farg'onaga faqat g'alaba uchun tashrif buyurgan edik. Lekin bunga erisha olmadik. Ikkinchi bo'limda bir kishi kam bo'lib qolganimiz bizning ziyonimizga ishladi. Rejalarimiz o'zgarib ketdi. Humoyun Murtazoevda qulay imkoniyat bo'lgandi. Keyingi o'yinlarda ham “Neftchi” jamoasiga omad tilayman”, - deydi Xomyakov.
Komiljon Ikromov yozib oldi
Komiljon Ikromov yozib oldi
championat.asia
Breaking! Бозоров, Алибоев, Рўзиев ва Холмуродов терма жамоадан чақирув олди
Манба: Абдуқодир Ҳусанов — Осиёнинг 2025 йилдаги энг яхши ёш футболчиси!
АПЛ. Дуранглар оқшоми: байрамдан кейин жамоалар ғолиб бўлишни исташмади
Расман: "Челси" ва Энцо Мареска ўзаро келишув асосида ҳамкорликни тўхтатди
Fikrlar