So’nggi yangiliklar

17:34Расман: "Навбаҳор" Усмонов трансферини эълон қилди  0 17:20"Хоразм" мураббийи Сергей Токов: "Жаҳон ва Осиё чемпионатларига мослашиб ишлаш — мураббийларнинг тақдири"  0 16:58Гвардиол: "Бу оғир дам, лекин у мени ҳеч қачон синдира олмайди"  1 16:35Расман: Шуҳрат Муҳаммадиев "Локомотив"га қайтди  2 16:21Инсайд тасдиқланди: Озарбайжон клуби Раҳмоналиевни сотиб олди  1 16:01Расман: "Челси"га янги бош мураббий тайинланди  7 15:31Ўзбекистонлик ҳакамлар U-23 Осиё Кубоги 1-тур ўйинига тайинлов олди  0 15:27Аббос Отахонов: “Иложи борича юқори ўринлар учун курашамиз”  1 15:05"Насаф" легионер футболчиси билан хайрлашди  7 14:49"Хоразм" машғулотлари Championat.asia объективида  0 14:30Равшан Ҳайдаров: "Ёш таркиб билан иштирок этишимизга қарамай, мен жамоамизга ишонаман"  8 14:10"Хоразм" Тошкентда тайёрланмоқда  2 13:42"Манчестер Юнайтед" бош мураббий лавозими учун асосий номзодларни белгилаб олди  9 13:16Расман: "Андижон" ярим ҳимоячиси жамоада қолди  3 12:53"Локомотив"га сербиялик ярим ҳимоячи келади  2

Aleksandr Xomyakov: "Nasaf"ga muxlislik qilaman. Futbol haqida savol bormi?" Yangiliklar

Aleksandr Xomyakov: "Nasaf"ga muxlislik qilaman. Futbol haqida savol bormi?"

Superliganing 19-turidan o'rin olgan "Mashal" - "So'g'diyona" (0:0) uchrashuvidan so'ng mezbonlar bosh murabbiyi Aleksandr Xomyakov fikrlarini bildirib o'tdi.





"Darhaqiqat kurashlarga boy o'yin bo'ldi. Yutishni istagandik. Mag'lub bo'lishimiz ham mumkin edi. Hozirgi holatimizda ochko olganimizni hisobga olsak, natija yomon emas. Ko'rgan bo'lsangiz gol urish uchun chiroyli vaziyatlar bo'ldi. Bizda ham, raqibda ham imkoniyatlar yuzaga keldi. Ayni pallada bu durang bizga bir ochko berdi. "So'g'diyona" medallarga kurashmoqda. Raqib funkcional jihatdan yaxshi tayyorgarlik ko'rgani bilinib turibdi",- deydi Aleksandr Xomyakov.

- Jamoa birinchi davrada Jizzaxda 2:2 hisobida durang o'ynagandi. Ulug'bek Baqoev bilan to'qnashuv haqida nima, deya olasiz?

- Men bunga ko'p etibor berganim yo'q. Har bir o'yin biz uchun muhim.

- "Metallurg" bilan o'yindan so'ng SHavkat Saidov bilan yuzaga kelgan vaziyatni o'zaro muhokama qilib oldinglarmi? O'rtalaringda boshqa ziddiyat yo'qmi?

- Futbol haqida so'ranglar. "Sariq matbuot" bo'lib qolyapsizlar (kuladi). Futbol haqida savol bormi?

- Bugun "Mashal" durang uchun o'ynagandek ko'rindi...

- Vaziyatga real baho berish kerak. Dastlabki 15 daqiqalikda birinchi raqam ostida o'ynadik. To'g'ri hujumkor, muxlislarbop futbol ko'rsatishni istaymiz. Lekin imkoniyatdan kelib chiqib ish qilish kerak. "So'g'diyona"ning uslubini o'zrgartirgani meni ajablantirdi.

- Jamoada rasman siz bosh murabbiy bo'lsangizda ayrim holatlarda Dilyaver Vaniev turib ko'rsatma berayotganini ko'rishimiz mumkin. Bugun sariq kartochka bilan ogohlantirildi...

- Hakamlarni emas, o'yinni gapirishni istayman. Hissiyotlarda bo'lishi tabiiy.

- Godvin CHikani bugungi o'yini haqida fikringiz qanday? U to'rtinchi o'yindirki gol ura olayotgani yo'q...

- Futbolda mayda kamchilik bo'lmaydi. Mana shunday kichik vaziyatlarda futbolchining mahorati o'z so'zini aytyapti.

- OFK kubogi uchrashuvlari siz uchun qanchalik qiziq?

- Albatta "Nasaf"ga muxlislik qilaman va uchrashuvni tomosha qilaman.


Reyting: +15   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика