Aleksandr Xomyakov: "Nasaf" bilan ochiq futbol o'ynash tanklar to'dasiga qarshi borishdek gap"
05 avg 2019 07:53
Yangiliklar
![](https://championat.asia/upload/storage/510519_original.jpg)
![](/upload/storage/510519_220.jpg)
Aleksandr Xomyakov: "Nasaf" bilan ochiq futbol o'ynash tanklar to'dasiga qarshi borishdek gap"
O'zbekiston Kubogi 1/8 Final uchrashuvidan o'rin olgan “Nasaf” – “Andijon” bellashuvidan so'ng andijonliklar bosh murabbiyi Aleksandr Xomyakov bugungi bahs haqida o'z fikrlarini bildirdi.
- Uchrashuvni o'zlaringiz ko'rib guvohi bo'ldingiz. “Nasaf”ga qarshi ochiq futbol o'ynash juda qiyin. Ammo biz 1-bo'limda himoyada tartibli o'ynashga harakat qilgan edik. Biz bu ishni qisman uddaladik. Lekin o'z jarima maydonchamiz yonida qoida buzganligimiz bizga qimmatga tushdi.
- 2-bo'limda ham o'z rejamiz asosida harakat qilayotgandik, biroq tezkor gol bizning rejalarimizni buzib yubordi. Hujumda yaxshi harakat qilgan raqibimiz bugun ishonchli g'alabaga erishdi. “Nasaf”ga keyingi etapda omad tilayman!
O’xshash yangiliklar
![AMP Logo](https://championat.asia/image/logo-amp.png)
Fikrlar